Bosim sozlagichlarning o‘tkazish qobiliyatini aniqlash
Bosimlar farqini o‘lchash bilan gazning sarfini aniqlash
Download 306.5 Kb.
|
1403760246 46417
Bosimlar farqini o‘lchash bilan gazning sarfini aniqlash
Bunday uskunalar tarkibiga bosim farqi hosil qiluvchi toraytiruvchi moslama, differensial monometr va tutashtiruvchi naychalar kiradi.Bunday qurilmalarda gaz bosimini pasaytirish maqsadida diafragmalar, soplolar qo‘llaniladi. Bunda gaz yoki suyuqlik toraytiruvchi moslamadan o‘tganda, uning dinamik bosimi oshadi, statik bosimi kamayadi.Sarf qancha ko‘p bo‘lsa, statik bosim pasayishi ham shuncha ko‘p bo‘ladi. Bunday moslamalarni qo‘llash uchun quvurda to‘g‘ri uchastka tanlab olinadi va bu uchastkada diafragmagacha kamida 8D masofada hech qanday mahalliy qarshiliklar bo‘lmasligi kerak. Diafragmadan keyin ham kamida 5 D masofada shunday qarshiliklar bo‘lmasligi kerak. Bu yerda D – toraytiruvchi moslama o‘rnatilgan quvur diametri. Bu shart buzilsa, quvurdagi gaz oqimi tekisligi o‘zgarib, bosimlar farqi noto‘g‘ri chiqadi va hisoblangan sarfda ham xatolik katta bo‘ladi. Normal diafragma o‘rnatish uchun quvurning diametri dsh > 50 mm bo‘lishi kerak va quyidagi shart bajarilishi kerak: 0,05 Θ m Θ 0,7, m = d2/D2. d – diafragma teshigi diametri (mm); D – quvur diametri (mm). Toraytiruvchi moslamalarning hisobi, diafragmaning diametrini aniqlashga mo‘ljallangan. Diafragmaning hisobini bajarish uchun quyidagilar ma’lum bo‘lishi kerak: quvurning ichki diametri, quvurdagi maksimal soatlik sarf, qo‘llaniladigan difmanometrning maksimal o‘lchash qobiliyati, diafragma oldidagi gazning absolut bosimi, gazning absolut harorati, gaz o‘tish davrida ideal gaz qonunlaridan chetga chiqish koeffitsiyenti, gazning normal sharoitdagi zichligi. Shu ko‘rsatgichlar asosida maxsus toraytiruvchi moslamalarni hisoblash albomidan foydalanib diafragma va soplolar hisoblanadi. Toraytiruvchi moslamadagi bosim pasayishiga qarab quyidagi ifoda yordamida o‘tgan gazning sarfini aniqlash mumkin: m3/soat. α – sarf koeffitsiyenti; ε – tuzatish koeffitsiyenti (o‘tayotgan gazning kengayishini hisobga oluvchi); d – toraytiruvchi moslamaning diametri, (mm); R – gazning absolut bosimi (ata); T – gazning absolut harorati (K); K – ideal gaz qonunlaridan chetga chiqish koeffitsiyenti; h20 – bo- simlar farqi (mm simob ustuni); γ – gazning zichligi (kg/m3). Download 306.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling