Bosimni o'lchash. Bosim bilan ishlovchi mashina va mexanizmlarda xavfsizlik texnikasi. Arximed qonuni bosimni o'lchash
Download 34.34 Kb.
|
BOSIMNI O\'LCHASH
BOSIMNI O'LCHASH . BOSIM BILAN ISHLOVCHI MASHINA VA MEXANIZMLARDA XAVFSIZLIK TEXNIKASI .ARXIMED QONUNI BOSIMNI O'LCHASH Ortiqcha bosim, barometrik bosim, manometr, vakuummetr, deformatsion bosim o’lchash asboblari, manovakuummetr, naporomer, tyagomer, tyagonaporomer, qalqovichli difmanometr, silfon, membranali asboblar. 1. Asosiy tushunchalar va tasnifi Tekis sirtga normal ta‘sir ko’rsatuvchi ravon taqsimlangan kuch bosim deyiladi. (1) bu еrda: S – tekislik yuza; F – teng ta‘sir kiluvchi bosim kuchi. Bosim Xalqaro birliklar sistemasida Pa bilan o’lchanadi. Undan tashqari bosim o’lchashda (n/m2), kPa, MPa, KGk/sm2, bar, kgk/m2 (mm.suv.ust), mm.sim.ust. kabi birliklardan keng foydalaniladi. O’lchashda absolyut ortiqcha atmosfera va vakuum bosim mavjud. Absolyut bosim – modda holatining parametri bo’lib, atmosfera va ortiqcha bosimlar yig’indisidan iborat: (2) bu еrda, Pатм – аtmosfera, Pорт – ortiqcha bosimlar. Ortiqcha bosim absolyut va atmosfera bosimlari oralaridagi farqdan iborat: (3) Atmosfera bosimi – er atmosferasidagi xavo ustunining bosimi, uning qiymati barometrlar bilan o’lchanadi, shuning uchun bu bosim ko’pincha barometrik bosim ham deb ataladi. (4) Bosim o’lchaydigan asboblar ishlash prinsipiga ko’ra suyuqlikli, deformatsion (prujinali), yuk-porshenli, elektr, ionizatsion va issiqlik turlariga bo’linadi. O’lchanayotgan kattalikning turiga ko’ra bosim o’lchaydigan asboblar quyidagilardan iborat: Manometr – mutloq va ortiqcha bosimni o’lchaydigan asbob. Barometr – atmosferada havoning barometrik bosimini o’lchash uchun ishlatiladigan asbob. Vakkumetr – siyraklanishni o’lchash uchun ishlatiladigan asbob. Manovakuummetr – ortiqcha bosim va vakkumni o’lchaydigan asbob. Naporomer (mikromanometr) – kichik miqdordagi ortiqcha bosimni o’lchaydigan asbob. Tyagomer – kichik miqdordagi siyraklanishlarni o’lchaydigan asbob. Tyagonaporomer – kichik qiymatli bosim va siyraklanishlarni o’lchash uchun ishlatiladigan asbob. 2 Download 34.34 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling