Bosma mahsulotlarni klassifikatsiya qilish

Download 57.73 Kb.
bet2/3
Sana28.10.2023
Hajmi57.73 Kb.
#1729038
1   2   3
Bog'liq
8-mavzu.Bosma mahsulotlarni klassifikatsiya qilish

„Periodika“ — vaqtli so‘zi grekchadan olingan bo‘lib, yana boshlangan, qaytayotgan degan ma’noni anglatadi. Davomli nashrlar — to‘plangan materialning hajmiga ko‘ra muntazam bo‘lmagan tartib raqamiga ega bo‘ladi. Unda biror- bir tashkilot yoki muassasaning ilmiy-tadqiqot faoliyatiga oid ma’ruzalar, xabarlar, maqola va boshqa materiallar beriladi. Davomli nashrlar, asosan, „Ilmiy ishlar“, „Ishlar“, „Ilmiy xabarlar“, „Xabarlar“ kabi umumiy nomlar bilan chiqariladi.Har biri alohida tartib raqamiga ega bo‘ladi. Masalan, Madaniyat instituti ilmiy ishlar to‘plami har yili nashr etiladi va ular soni30 taga yetdi. Davriy nashrlar ma’lum bir davrda chiqish raqami bilan chiqariladi. Ana shunday nashrlardan biri — „Qizil kitob“ yo‘qolib borayotgan yoki yo‘qolish xavfida bo‘lgan noyob o‘simlik va hayvon turlarini qayd etib boruvchi va ular haqida ma’lumot beruvchi ma’lumotnoma xarakteridagi davlat hujjati. Unda avval o‘simlik yoki hayvon haqida ma’lumot beriladi, yo‘qolib borishiga sabab va omillar haqida, yo‘qolishining oldini olish uchun tavsiyalarberiladi.

1948- yil tashkil topgan tabiat va tabiiy resurslarni muhofaza qilish Xalqaro ittifoqi kamyob va yo‘qolib ketish xavfida bo‘lgan o‘simlik va hayvon turlarining ro‘yxatini tuzish g‘oyasini bajarishga kirishdi. Turlarni saqlab qolish bo‘yicha maxsus komissiya tuzilib, 1966- yildan tabiatni muhofaza qilish tashkilotlari bilan hamkorlikda Xalqaro qizil kitobning dunyo va alohida mintaqalar florasiga bag‘ishlangan nashrlari bosila boshlandi. O‘zbekistonning noyob o‘simlik va hayvonlari to‘g‘risidagi dastlabki ma’lumotlar 1974- yil ta’sis etilgan qizil kitobda berila boshlandi. O‘zbekistonning „Qizil kitob“i 1978- yili ta’sis etildi. Birinchi marta O‘zbekiston „Qizil kitob“ining faunaga bag‘ishlangan qismi 1983-yil nashrdan chiqdi.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3

Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling