Bosqich “ ” guruh talabasi ning o‘quv amaliyoti bo‘yicha


Download 104.01 Kb.
Pdf ko'rish
Sana18.06.2023
Hajmi104.01 Kb.
#1580832
Bog'liq
hisobot 2023 (2) — KURS LA



Navoiy davlat pedagogika instituti Ingliz tili va adabiyoti fakulteti 
Xorijiy til va adabiyoti(Ingliz tili va adabiyoti) ta'lim yo‘nalishi
___-bosqich “__” guruh talabasi 
________________________________ning o‘quv amaliyoti bo‘yicha 
 
HISOBOTI 
Men ____________________________________, Ingliz tili va adabiyoti 
fakulteti Xorijiy til va adabiyoti ta'lim yo‘nalishi __-bosqich “___” guruh talabasi, 
2022-yil ___-sentabrdan 2023-yil ___-maygacha davom etgan o‘quv amaliyotimni 
___________________ viloyati ______________________ tuman(shahar)idagi 
__-umumiy o‘rta ta’lim maktabida o‘tadim. Ushbu maktabda menga biriktirilgan 
o‘qituvchi __________________________ ustozning darslarini kuzatdim va 
o‘zimga 
kerakli 
bo‘lgan 
bilimlar, 
malaka 
va 
tajriba 
orttirdim.
Amaliyotning ilk kunida guruh rahbarimiz tomonidan maktab mas'ullariga 
tanishtirildik, ingliz tili fan o‘qituvchilariga biriktirildik hamda maktabdagi amal 
qilinishi 
kerak 
bo‘lgan 
qoidalar 
bilan 
tanishdik.
Ushbu o‘quv amaliyotining dastlabki bosqichida biz maktab va darslarning asosiy 
hujjatlarini, masalan, dars ishlanmalari, ish rejalari, taqvim mavzu rejalar va shunga 
o‘xshash hujjatlarni qanday yuritish haqida bilib oldik. Hozirda o‘qituvchiga 
yuklatilgan topshirilishi kerak bo‘lgan hujjatlar soni qisqartirilib, o‘quvchilar 
jarayonning o‘zidayoq elektron kundaliklarga baholanadi. Bu o‘z navbatida 
o‘quvchilarning ota-onalarining ham farzandlarining maktabdagi akademik 
faoliyatini va o‘quv fanlaridan ilmiy salohiyatidan ogoh bo‘lishlarini ta’minlaydi. 
Darsda o‘qituvchining faoliyati, darsni boshlash, o‘tgan mavzu takrori, yangi 
mavzu bo‘yicha tushuntirish berish, mavzuni mustahkamlash uchun individual va 
guruh mashqlarida ishtiroki, o‘quvchilarni baholash, uyga vazifa va topshiriqlarni 
e’lon qilish kabi bosqichlarni diqqat bilan kuzatdik. Maktablarda chet tillari butun 
sinf ikki guruhga bo‘lingan holda dars o‘tilishi natijasida bilim olish samaradorligi 
boshqa fanlar bilan taqqoslaganda yuqori bo‘lishiga amin bo‘ldik. Kuzatuv paytida, 
biz institutda 80 daqiqa vaqt ajratganimizda, 45 daqiqada vaqtni boshqarishni 


hisobga olish juda qiyin ekanligini angladim. Ammo aniq fan o‘qituvchilari, 
masalan fizika va matematika o‘qituvchilari bu masalani har bir guruhga xos 
bo‘lgan vazifalarni aniq bajarish va tartibga solish orqali muvaffaqiyatli amalga 
oshirganlar.
O‘quv amaliyotining keyingi davrida faol amaliyotga jalb etilib, dars jarayonida 
bevosita 
ishtirok 
etdik. 
Darslar 
davomida 
biz 
o‘quvchining 
o‘qituvchiga,o‘qituvchining esa o‘quvchiga bo‘lgan munosabatini,o‘quvchining 
darsga bo‘lgan e’tiborini sinchkovlik bilan kuzatdik. Asosan yuqori sinflarda 
amaliyot olib borganligimiz sababli o‘quvchilar orasida ingliz tili sohasini 
tanlaganlarining ishtirokini dars jarayonida juda ko‘p kuzatdik. Darslarni tashkil 
qilish orqali biz yangi mavzuga qanday yondashish, ingliz tili darsligi bilan qanday 
ishlash, audio-materiallarini darsda qo‘llash, dars davomida vaqtni to‘g’ri 
taqsimlash va yangi pedagogik texnologiyalarni qo‘llay olish, darsda dam olish 
daqiqasini qanday tashkil etishni o‘rganib, amaliyotda qo‘lladik. O‘quvchilarni dars 
davomida bilimga chanqoqligi hamda ularni darsga qiziqtirib o‘tilsa, yanada 
ko‘proq narsani bilishni istashlarini o‘zimiz uchun yaratdik. Sinf rahbarlik ishlari 
bilan ham to‘liq tanishdim.
Maktab ingliz tili darslarining asosiy manbasi bu ingliz tili darsligi hisoblanadi. 
Ingliz tili darsligini avvalgi darslikdan farqlarini tadqiq qildik, va unda ancha 
o‘zgarishlarni payqadik. Masalan, yangi darslik asosiy til ko‘nikmalari bilan 
boyitilgan.
Bu bizning so‘nggi amaliyotimiz bo‘lib, kutganimizdanda ko‘proq tajribaga ega 
bo‘ldik. Endi menda o‘quvchilarga qanday qilib ta'lim berish haqida ko‘proq 
ishonch va ko‘rsatmalar paydo bo‘ldi. 
Maktab direktori: ________________ 
 
Amaliyot rahbari: ________________ 

Amaliyotchi talaba: ________________ 

Download 104.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling