Botanika va ekologiya


Monosaxaridlarning olinish usullari


Download 44.5 Kb.
bet2/3
Sana07.04.2023
Hajmi44.5 Kb.
#1340558
1   2   3
Bog'liq
Uglevodlarning hazm bo\'lish jarayoni

Monosaxaridlarning olinish usullari. 1. Di- va polisharidlar gidrolizlanganda monosaharidlar hosil bo’ladi:
Ko’p atomli spirtlarni oksidlaganda monosaharidlar hosil bo’ladi. Masalan, D-sorbit oksidlanganda qaysi CH2OH – ni oksidlanishiga qarab D-glyukoza yoki L-glyukoza hosil bo’ladi:
D-sorbitni enzimlar ishtirokida oksidllanganda ketosorboza hosil bo’ladi:
Bulardan tashqari, monosaharidlarni oksinitril sintezi yordamida hosil qilish mumkin. Buni biz monosaharidlarning kimyoviy xossalarida ko’rib o’tamiz.
Alkillash reaksiyasi. Monosaharidlar alkillanganda ular yarimatsetallar shaklida reaksiyaga kirishadilar, ularga metil spirti bilan xlorid kislota aralashmasi ta’sir ettirilganda alkillash glyukozid gidroksili hisobiga boradi. Metil xlorid bilan kumush oksidi aralashmasi ta’sir ettirilganda esa qolgan 4 ta gidrokisl guruhi alkillanadi va pentametil-D-glyukozani hosil qiladi.
Degidratlash reaksiyasi. Pentozalarga suyultirilgan sulfat kislota qo’shib qizdirilganda furfurol, geksozalardan oksimetilfurfurol hosil bo’ladi. Oksimetilfurfurol beqaror bo’lganligi sababli gidrolizlanib lavulin kislotaga aylanadi:
Monosaharidlarning bijg’ishi. Monosaharidlar fermentlar ishtirokida bijg’iganda oxirigi mahsulot sifatida ishlatilayotgan fermentning turiga qarab etil spirti, atseton, glitserin va boshqa mahsulotlar hosil ulishi mumkin:
Monosaharidlar oziq-ovqat sanoatida ahamiyatga ega.
Oligosaxaridlar. Disaxaridlar.
Disaxaridlar (biozlar) gidrolizlanganda ikki molekula monosaxaridlarni hosil qiladilar. Disaxaridlar ikkiga – qaytariladigan va qaytarilmaydigan disaxaridlarga bo’linadilar.
Qaytarilmaydigan disaxaridlarga tregaloza (qo’ziqorin shakari) misol bo’ladi. Bu disaxarid tautomeriyaga uchramaydi. Chunki efir bog’i ikkita glyukozid gidroksili hisobiga hosil bo’lgan.
Maltoza tautomeriyaga uchray oladi. Chunki efir bog’ hosil bo’lishida faqat bitta glyulkozid gidroksili ishtirok etadi. U ochiq aldegid guruhini saqlaydi. Shuning uchun karbonil guruhi uchun xos bo’lgan reaksiyalarni barchasiga kirisha oladi.
Disaxaridlar orasida saharoza (qand lavlagi shakari, shakar-qamish shakari) tabiatda keng tarqalgan. U qand lavlagidan (quruq lavlagidan tarkibida 28% gacha saharoza bor), shakar-qamishdan olinadi. Saharoza fruktoza bilan glyukozadagi glyukozid gidroksillari hisobiga suv chiqib ketishi natijasida hosil bo’lgan qaytarilmaydigan disaxarid:
Saxaroza gidrolizlanganda glyukoza va fruktoza hosil qiladi.
O’ngga buruvchi saharoza gidrolizlanganda burish burchagini o’zgartiradi va chapga buruvchi fruktoza va o’ngga buruvchi glyukoza aralashmasi hosil bo’ladi. Bu hodisaga inversiya deyiladi. Hosil bo’lgan aralashmani esa – sun’iy asal yoki invert shakar deyiladi. Inversiya katalizatori bo’lib fermentlar va kislotalar xizmat qiladi.

Download 44.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling