Botanika yopiq test


O’SIMLIKLARNING HAYOTIY SHAKLLARI


Download 40.73 Kb.
bet2/3
Sana20.06.2023
Hajmi40.73 Kb.
#1627524
1   2   3
Bog'liq
BOTANIKA YOPIQ TEST javobli

O’SIMLIKLARNING HAYOTIY SHAKLLARI

1. 5-20 sm ko’tarilib o’sadigan o’simliklar?----momaqaldirmoq, qo’ytikan.


2. 70-100 yil umr ko’radigan daraxt?----o’rik, yong’oq.
3. 800 yil umr ko’radigan daraxt?----chinor.
4.Archa, sarv qancha umr ko’radi?----1000 yil.
5.Baland tog’lardagi archa bo’yi?----0,5-1 metr.
6.Baobab daraxti qancha umr ko’radi?---4000-5000 yil.
7.Bargi qor tagida qishlab qoladiga o’simliklar?----bug’doy, gulxayri, qoqio’t, achambiti, qurttana.
8.Barglari ancha barvaqt to’kiladigan o’simliklar?---jiyda, zarang, bodom, terak, akatsiya, tikan daraxt, aylant.
9.Bir yillik yovvoyi o’simliklar qaysilar?----oq sho’ra, jag’-jag’, machin, qora ituzum, baliqko’z.
10.Bo’yi bir metrga yetadiga bir yillik o’simliklar?---kanakunjut, makkajo’xori, kanop.
11.Butalar nima?----poyasi yog’ochlashgan, bo’yi 2-3 metrdan oshmaydigan bir yoki bir necha poya hosil qiladigan ko’p yillik o’simlik.
12.Ikki yillik o’simliklarni ko’rsating?----lavlagi, sabzi, sholg’om, karam.
13.Iliq kuz oylarida ham gullashda davom etadigan yovvoyi o’simliklar?----zubturum, qoqio’t, sachratqi, qo’ypechak.
14.Jag’-jag’ hayotiy shakliga ko’ra qanday o’simlik?----bir yillik o’t.
15.Ko’p yillik o’tlar (16 ta)qaysilar?----beda, ajriq, g’umay, sachratqi, piskom piyozi, kiyiko’t, sallagul, qoqio’t, shirinmiya, iloq, lola, qamish, andiz, yalpiz, shashir.
16.Ko’p yillik o’tlar nima?----yer usti qismi qishda qurib, o’sish kurtaklari yer ostida qishlaydigan o’simliklar.
17.Madaniy butalar qaysilar?----anor, limon, qoraqat, ligustrum, nastarin.
18.Momaqaldirmoq hayotiy shakliga ko’ra qanday o’simlik?----bir yillik o’t.
19.Qaysi ma’daniy o’simliklar ilq kuz oylarida ham gullashda davom etadi?----atirgul, xrizantema, kartoshkagul.
20.Qo’ytikan hayotiy shakliga ko’ra qanday o’simlik?----bir yillik o’t.
21.Sigirquyruq hayotiy shakliga ko’ra qanday o’simlik?----ikki yillik o’t.
22.Soxta kashtan qancha umr ko’radi?----2000 yil.
23.Yarim butalar nima?----poyasining yuqori qismi qishda sovuqdan qurib ketadigan ko’p yillik o’simliklar.
24.Yarim butalarni ko’rsating.----izen, keyreuk, teresken, sarsazan, shuvoq.
25.Yovvoyi butalar qaysilar?----irg’ay, singirtak, na’matak, zirk, bodomcha, uchqat.
HUJAYRA
1.Chigit hujatrasining uzunligi qancha?---3-4 sm
2.Elodeya barglari necha qavat hujayradan iborat---bir qavat hujayralardan iborat
3.Elodiya hujayrasida sitoplazmaning harakati nimaga bog’liq—kislorodning harakat yo’nalishiga.
4.Hujayra qachon, kim tomonidan kashf etilgan?----1665-yil, Robert Guk.
5.Hujayra qobig’iga mustahkamlik beruvchi modda?----kletchatka.
6.Hujayra qobig’ining qalinligi nimaga bpg’liq?---yoshiga.
7.Hujayra shakillaridan oltita sanang?----- ovalsimon, yumaloq, ko’p burchakli, naysimon, to’g’ri to’rt burchakli, tuksimon.
8.Hujayra shirasi tarkibida nimalar bor? ----suv, oqsil, moy, shaker.
9.Hujayralar nimasi bilan bir-biriga juda o’hshash bo’ladi?---ichki tuzilishi bilan.
10.Hujayraning rangsiz, tiniq, suyuq yoki shilimshiq qismi?----sitoplazma.
11.Hyjayra shirasini necha foizini suv tashkil qiladi?----70-95%ni.
12.Labaratoriyada mikroskop stol chekkasidan qancha uzoqlikka qo’yiladi?----3-4 sm.
13.Lupa buyumni qancha kattalshtirib beradi?----3-5 marta.
14.Mag’iz qanday ahamiyatga ega?----irsiy belgilarning yangi bo’g’inga o’tishida.
15.Mag’izning shakli va hajmi nimaga bog’liq?----hujayraning yirik-maydaligiga, yoshiga hamda yashash sharoitiga.
16.Mevalarning tami shirin, nordon, achchiq bo’lishi nimaga bog’liq?---hujayra shirasiga.
17.O’simlik gullari va barglari rangi qaysi plastidalarga bog’liq?---- xromoplastlarga.
18.O’simlikning qaysi qismidagi hujayralar bo’linish xususiyatiga ega?----o’sish nuqtasidagi.
19.Obyektiv preparatdan qancha uzoqlikda bo’lishi kerak?---- 4-6 mm.
20.Piyoz hujayralari boshqa o’simlik hujayralaridan nimasi bilan farq qiladi?----hujayra shaklining cho’ziqligi, zijligi varangsizligi bilan.
21.Plastidalar qanday xillarga bo’linadi?----leykoplastlar, xromoplastlar, xloroplastlar.
22.Rangsiz plastida?---leykoplast.
23.Shtativli lupa buyumni qancha kattalashtirib beradi?----10-25 marta.
24.Sitoplazma ichidagi hujayra shirasi bilan to’lgan bo’shliq nima deb ataladi?----vakuol.
25.Tirik hujayra ichidagi harakatni qaysi o’simlik bargining butumligicha yaqqol ko’rish mumkin?---- elodeya.
26.To’qimani qaysi fan o’rganadi?---- gistalogiya.
27.Tuzilishi o’xshash bo’lgan, lekin bir hil vazifani bajaradigan hujayralar yig’indisi nima deb ataladi?----- to’qima.
28.Yadro qachon va kim tomonidan kashf etilgan?----1831-yil, Robert 29.Broun.
30.Yadro tarkibiga ko’ra qaysi organoidga yaqin turadi?----sitoplazma.
31.Yashil rangli plastida?---xloroplast.
32.Zarg’aldoq, qizg’ish rangli plastida?----xromoplast.


TO’QIMA

1.Asosan tirik parenxima hujayralaridan tashkil topgan to’qima qaysi?----jamg’aruvchi to’qima.


2.Asosiy to’qima yana qanday nom bilan yuritiladi?----assimilyatsiya.
3.Havo ildizlarda epidermaning ostidagi etli qavatda joylashgan to’qima qaysi?----asosiy to’qima.
4.Hosil qiluvchi to’qima yana qaysi to’qimalarga ajraladi?----uchki va yon hosil qiluvchi.
5.Kollenxima nima?----tirik hujayralar.
6.Nima uchun po’kak o’zidan suv va gazlarni o’tkazmaydi?—unga suberin moddasi shimilgan.
7.Oqsil, kraxmal, yog’ to’planuvchi to’qima qaysi?----jamg’aruvchi.
8.Po’kakning vazifasi nima?----sovuq, issiqdan, kasallik tug’diruvchi mikroorganizmlardan himoya qilish.
9.Qalin qobiqli, cho’ziq, tirik va o’lik hujayralardan tashkil topgan to’qima qaysi?-----mehanik.
10.Qaysi to’qimaning asosiy vazifasi fotosintezni boshqarish?----asosiy to’qima.
11.Qoplovchi to’qima chiqib kelishiga qarab necha turga bo’linadi?----epiderma, po’kak, po’stloq.
12.Sklerenxima nima?----o’lik hujayralar.
13.To’qima tushunchasini birinchi bo’lib kim fanga kiritgan?----N.Gryu.
14.Yupqa bo’lib, elastik xususiyatga ega bo’lgan to’qima qaysi?----hosil qiluvchi.


ILDIZ

1.Archa necha yil yashaydi?---700-800 (1000) yil.


2.Asosiy, yon, qo’shimcha ildizlar birlashib nimani hosil qiladi?---ildiz tizimini.
3.Azotli o’g’itlar o’simliklarning qaysi jarayonni tezlashtiradi?--- o’sishni.
4.Bir tup o’simlikning ildiz tukchalari ulab chiqilsa necha metrni tashkil qiladi?--- 20 000 metr.
5.Bosh piyozni ildizi poyadan atrofga qanchagacha tarqaladi?----60-70 sm.
6.Chinor necha yil yashaydi?----600-800 yil.
7.Eman necha yil yashaydi?---2000 yil,
8.Go’za niholinig ildizi bir kecha kundizda qancha o’sadi?----2-3 sm.
9.Ildiz ko’dalang kesimining qisimlarini sanang?---ildiz tukchalari, po’sti, naylari.
10.Ildiz tizimi tuzilishiga ko’ra?--- o’q va popuk ildizga bo’linadi.
11.Ildiz tukchalarining faoliyati necha kun? 10-20 kun.
12.Ildiz uchini chilpish orqali qaysi o’simliklardan yuqori hosil olish mumkin?--- pomidor, karam, bulg’or qalampiri.
13.Ildiz uchini qoplab turadi? ---- ildiz qinchasi.
14.Ildizining uzunligi 30 metrga boradigan o’simlik?---- yantoq.
15.Ildizning po’st hujayralari qanday yuzilgan?--- tirik, yumaloq va yupqa qobiqli.
16.Ildizning zonalarini yozing?----bo’linuvchi, o’suvchi, so’ruvchi, o’tkazuvchi.
17. Ildizga hos muhum xususiyatlardan biri?----barg hosil qilmaydi.
18.Makkajo’xorining 1 mm2 so’rish qismida nechta ildiz tukchasi bo’ladi?---700 ta.
19.Makkajo’xorining ildizi poyadan atrofga qanchagacha tarqaladi?---2 metrgacha.
20.Mineral o’g’itlarga qaysi o’g’itlar kiradi?---- azotli(selitra), fosforli, kaliyli.
21.Mineral o’g’itlarni ko’p qo’llash natijasida qaysi o’simliklar iste’molga yaroqsiz bo’lib qoladi?---qovun, tarvuz, kartoshka.
22.Murtakdagi boshlang’ich ildiz o’sishdan to’htasa nima sjdir bo’ladi?---- boshlang’ich poyada qo’shimcha ildiz xosil bo’ladi.
23.Murtakdagi boshlang’ich ildizning bevosita o’sishidan nima hosil bo’ladi?----- asosiy ildiz.
24.O’g’itlar necha guruhga bo’linadi, ular qaysilar? --- ikki guruhga, organik va mineral.
25.O’q ildiz qaysi o’simliklar uchun xos?--- faqat ikki pallalilar uchun.
26.O’simliklardan mo’l hosil olish uchun qaysi o’g’itlardan foydalaniladi?--- kaliyli va fosforli.
27.O’zbekistonda ikki turi uchraydigan, ildizsiz o’simlik?--- suv qaroqchisi.
28.Organik o’g’itlarga qaysi o’g’itlar kiradi?---go’ng va chirindilar.
29.Popuk ildiz qaysi o’simliklar uchun xos?--- faqat bir pallalilar uchun.
30.Qarag’ay necha yil yashaydi?---350 (500) yil.
31.Qo’shimcha ildiz xosil qiladigan o’simliklarga 4-ta misol?---makkajo’hori, kartoshka, ajriq, qulupnoy.
32.Sekvoyadendron necha yil yashaydi?---4000-6000 yil.
33.Suv qaroqchisining bo’yi qancha? 20-30 sm.
34.Tuproqdagi suv va unda erigan oziq moddalarning so’rilish ketma ketligini toping?---ildiz tukchalari→po’stloq hujayralari →o’tkazuvchi qisim.
35.Yon ildizlari atrofga 20-30 m gacha boradigan o’simlik?---yong’oq.
36.Yong’oq necha yil yashaydi?---70-100 yil.

POYA “


1.Avstraliyadagi evkaliptlarning bo’yi?----150 (155) metr.


2.Bahorda barg kurtaklaridan barg, gul kurtaklaridan gul chiqadigan o’simliklar?----terak, chinor, tut, jiyda, atirgul, na’matak.
3.Bahorda dastlab gul kurtaklaridan gul yozilib, so’ngra barg kurtaklaridan barg chiqadigan o’simliklar?----o’rik, bodom, olxo’ri, olcha, shaftoli.
4.Bargli poya?----jiyda, do’lana.
5.Besh yoshli archaning bo’yi?----10-15 sm.
6.Bir yoz davomida 10 metrgacha o’sadigan poya?----tok.
7.Daraxt poyasi nima deb ataladi?----tana.
8.Elaksimon naychalar qayerda joylashgan?----lub tolalari orasida.
9.Faza nima?----kurtaklarning bo’rtib, yangi barg yoki gul chiqarishi ma’lum bir vaqt ichida o’tishi.
10.G’umayning bargi qanday shaklda bo’ladi?----qalami nashtarsimon.
11.Gumay poyasining balandligi?----50-150 sm.
12.Ildizpoyali o’simliklar?----g’umay, qamish, ajriq, yalpiz, gulsafsar, shirinmiya.
13.Ipsimon poya?----pechak.
14.Kaliforniyadagi sekvayadendronning bo’yi?----130-135 (142) metr.
15.Kalta poya?----piyoz.
16.Kartoshka tuganagida shakar qaysi moddaga aylanadi?----kraxmalga.
17.Ko’tarilib o’suvchi poya?----sebarga.
18.Ksilema qavatidan oldin qaysi qavat joylashgan?----kambiy.
19.Kurtagi nisbatan mayday bo’lgan o’simliklar?----tut, tol, qayrag’och, o’rik, olma.
20.Kurtagi nisbatan yirik bo’lgan o’simliklar?----terak, chinor, soxta kashtan, nastarin.
21.Kurtak bu?----boshlang’ich novda.
22.Kurtaklar qanday xillarga bo’linadi?----mayda, yirik, turli.
23.Lub qavatidan keyin qaysi qavat joylashgan?----kambiy.
24.Mirzaterakning balandligi?----20-25 metr.
25.Novda qaysi qismlardan tuzilgan?----kurtaklar, bo’g’im oralig’i, bo’g’im, poya.
26.O’raluvchi poya?----qo’ypechak, karnaygul.
27.O’rmalovchi poya?----qulupnay, g’ozpanja.
28.O’simlik ustuni nima?--- poya.
29.O’t o’simliklarning tanasi nima deb ataladi?--- poya.
30.O’zb-da nisbatan sekin o’sadigan daraxtlar?----nok, do’lana, qatrong’i, pista.
31.O’zb-da tez o’sadigan daraxtlar?----tol, terak, chinor, yong’oq, gilos.
32.Oraganik moddalarning o’simlik bo’ylab harakatlanishida qaysi qavat muhim rol o’ynaydi?----lub qavati.
33.Po’st ostidagi qavat?----lub yoki floema.
34.Po’stning po’kaklashishidan nima hosil bo’ladi?----po’stloq.
35.Poya deb nimaga aytiladi?—o’simlikning er usti organlarini o’zaro bog’lab ularni ildiz bilan bog’lovchi tayanch organ.
36.Poyaning ko’ndalang kesimini tartib bilan ko’rsating.-----lub(floema)→kambiy→yog’ochlik(ksilema)→o’zak.
37.Poyaning qaysi hujayralari doimo bo’linib turadi?----o’sish konusidagi hujayralar.
38.Poyaning qaysi qavati floema deb ataladi?----lub.
39.Qanotli poya?----burchoq.
40.Qattiq poyalar?----qayrag’och, zarang, saksovul, yulg’un, yong’oq, eman, o’rik.
41.Qaysi o’simlik poyasida bir yilda bir nechta halqa hosil bo’ladi?----saksovul.
42.Qaysi o’simliklarda lub tolalari kuchli rivojlangan?----kanop, zig’ir.
43.Qipiqsimon bargli poya?----saksovul, qandim.
44.Rotang palmasi qayerda o’sadi?----Janubiy Osiyoning tropic o’rmonlarida.
45.Rotang palmasining balandligi?----400 metr.
46.Sekvayadendronning pastki qismi yo’g’onligi qancha?----46 metr.
47.Shakli o’zgargan yer osti poyalarga qaysilar kiradi?---piyozbosh, tugunak, ildizpoyalar.
48.Shoxlanmagan poya?----palma.
49.Tanasi sekin o’sadigan daraxtlar?----nok, shamshod, archa.
50.Tanasi tez yo’g’onlashadigan daraxtlar?----tol, terak, chinor, yong’oq, shotut.
51.To’rt qirrali poya?----rayxon.
52.Tuganaklarni ko’rsating.----kartoshka, batat, shoyigul.
53.Tugunak kurtaklari qayerda joylashgan?----tugunakdagi chuqurchalarda.
54.Uch qirrali poya?----xilol.
55.Yo’g’onligi 10-11 m gacha boradigan poya?----chinor, yong’oq.
56.Yog’ochlar qanday turlarga bo’linadi?----qattiq, yumshoq, og’ir, yengil.
57.Yog’ochligi yumshoq daraxtlar?----tol, terak, jiyda.
58.Yoyilib yoki palak otib o’suvchi poya?----qovoq, qovun, tarvuz, bodring, temirtikan.


BARG

1.“Quyosh, hayot va xlorofil” asari muallifi?----A.Timiryazev.


2. 30-40 yillik shirinmiya yoz davomida qancha suv bug’latadi?----500-600 litr.
3.Bandli barglarga 9-ta misol keltiring?—olma, o’rik, nok, terak, yong’oq, anjir, tok, bodring, qovun.
4.Bandsiz barglar poyaga qanday birikadi?----yaproqning ostki qismi bilan.
5.Bandsiz barglarga 9-ta misol keltiring?---lola, bosh piyoz, shirach, gulsafsar, bug’doy, makkajo’hori, arpa, sholi.
6.Barg bandi yo’q bo’lgan daraxt?--- saksovul.
7.Barg bandida bir necha barg joylashsa nima deb ataladi?--- murakkab barg.
8.Barg bandida bitta barg joylashish nima deb ataladi?----oddiy barg.
9.Barg bandining uchi bitta barg bilan tugasa?---toq patsimon barg d-di.
10.Barg qanday qilib to’kiladi?----barg bandining novdaga birikkan joyida po’kak hosil bo’ladi.
11.Barg qanday qisimlardan iborat?---barg yaprog’I va barg bandidan.
12.Barg shakillariga 6-ta misol?---yumaloq, panjasimon, tuhumsimon,
13.Barglar o’simlik turiga qarab qanday bo’ladi?----- tukli va tuksiz.
14.Barg to’kish yo’li bilan o’simliklarni qishga tayorlanishi nima d-di?---xazonrezgilik.
15.Barg tomirlaridagi naylar qanday hujayralardan tashkil topgan?----o’lik hujayralardan.
16.Bargchalar barg bandining ohirigacha qarama qarshi joylashsa?---juft patsimon barg d-di.
17.Bargi novdada navbat bilan joylashadigan (10 ta) o’simliklar?----g’o’za, tok, pomidor, olma, o’rik, terak, tut, atirgul, oqquray, do’lana.
18.Bargi qipiqsimon bo’lgan o’simlik?---saksovul?--- saksovul.
19.Bargining uzunligi 2-mm keladigan o’simlik?--- saksovul.
20.Bargining uzunligi 50-70 sm dan bir metrgacha etadigan o’simliklar?---rovoch, ojud, kavrak.
21.Bargka mustahkamlik berib turuvchi qisim?--- barg tomirlari.
22.Barglari o’yilgan o’simliklarga 4-ta misol?---tok, g’o’za, tut, anjir.
23.Barglari qishda ham saqlanib qoladigan o’simliklar (4-ta)?---qulupnoy, archa, qarag’ay, qoraqarag’ay.
24.Barglari yahlit bo’lgan o’simliklarga 3-ta misol?---olma, o’rik, gilos.
25.Barglarning ichki qismi qaysi to’qimalardan tashkil topgan?----qoplovchi, asosiy, o’tkazuvchi, mexanik.
26.Bargning plastidalar joylashgan hujayralari qanday shaklda bo’ladi?----loviyasimon.
27.Bargning qaysi hujayralari shaffof bo’ladi?----po’st.
28.Bargning ustunchalarga o’xshash cho’ziq hujayralari qayerda joylashgan?----ustki po’st tagida.
29.Bargning ustunchalarga o’xshash cho’ziq hujayralari tagida qanday hujayralar joylashgan?-----ovalsimon va yumaloq.
30.Bir juft makkajo’xori yoz davomida qancha suv bug’latadi?---200 litr.
31.Fotosintez so’zining ma’nosi?----yorug’likni qo’shish va birlashtirish.
32.G’o’za bir yoz davomida qancha suv bug’latadi?----o’z vaznidan 500-600 hissa ko’p.
33.Ikki karra patsimon bo’lingan barg qaysi o’simliklarda bo’ladi?—shoyi akatsiya, totem.
34.Ikki urug’pallali o’simliklarning qanday ko’einishda bo’ladi?--- panjasimon yoki patsimon(to’rsimon) tomirlangan.
35.Juft patsimon bargga misol (1-ta)?---yeryong’oq.
36.Murakkab barglar qanday hildagi barglarga bo’linadi?---uch bargchali panjasimon, toq va juft patsimon barglarga.
37.Murakkab barglarga 7-ta misol?---shirinmiya, beda, yong’oq, na’matak, loviya, no’hat, yeryong’oq.
38.Nafas olishda barglarda organik moddalar qanday o’zgarishlarga uchraydi?----O2 tasirida parchalanadi va energiya hosil qiladi.
39.Novdada barglar qanday joylashadi?----navbat bilan, qarama-qarshi, halqa hosil qilib.
40.Novdada halqasimon joylashgan (3 ta) o’simliklar?----sambitgul, qirqbo’g’im, qumrio’t.
41.Novdada qarama-qarshi joylashgan (10 ta) barglar?----rayhon, yalpiz, chinnigul, ligustrum, nastarin, dalachoy, kiyiko’t, mavrak, gazanda, kampirchopon.
42.O’simlik barglari tuzilishiga ko’ra?---- oddiy va murakkab barglarga bo’linadi.
43.O’simlik turiga qarab barglarinng qanday hillari bor?--- tukli va tuksiz.
44.O’simliklarga yorug’lik va harorat etishmasa qanday jarayon kuzatiladi?--- xlorofil emiriladi.
45.O’simlikning organic moddalar hosil qiluvchi, suvni bug’latuvchi va nafas oluvchi asosiy vegetative organi bu?--- barg.
46.Oddiy abrglar yaprog’ining tuzilisiga ko’ra?----patsimon, panjasimon va uch bo’lakli.
47.Oddiy barglarga 6-ta misol?---olma, nok, o’rik, shaftoli, tut, tok.
48.Panjasimon bargga misol?---- sohta kashtan.
49.Qaysi o’simlik bargi tikanga aylangan?----kaktus.
50.Qaysi oila vakillarining barglari ildiz bo’g’zida joylashgan?---- qoqidoshlar va ziradoshlar.
51.Qoqidoshlar va ziradoshlar oilalari vakillarining barglarining uzunligi?---50-60 sm.
52.Soyasevar (3 ta) o’simliklar?----xina, binafsha, yovvoyi qulupnay.
53.Suvni kam bug’latish uchun barglarini to’kib yuboradigan o’simliklar?----shuvoq, qoraboyalich.
54.To’pbarglar qaysi oila vakillarida uchraydi?----qoqidoshlar va ziradoshlar.
55.Toq bargchalar o’rnida gajak hosil qiladigan o’simliklar?---no’haot va burchoq.
56.Toq patsimon bargga misol (1-ta)?---shirinmiya.
57.Uchta bargchali murakkab bargga 4-ta misol?---- sebarga, beda, loviya, mosh.
58.Yorug’sevar (5 ta) o’simliklar?----kungaboqar, yantoq, kartoshka, pomidor, g’o’za.
59.Yoysimon yoki parallel tomirlanish qaysi o’simliklar uchun hos?--- faqat bir urug’pallalilar uchun.



Download 40.73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling