Xulosa.
Sanoat binolarining o’zigi xos tomoni shundaki ularda yaratilgan hajm va muhit insonning psixifiziologik talablarini va texnologik jarayon sharoitlari muvofiq kechishlarini ta’minlash shartlarini qanoatlantirish kerak. Sanoat binolarining hajmiy-rejaviy yechimi uning funktsional vazifasi va unda sodir bo’ladigan texnologik jarayonning injener-texnik ta’minoti harakteri bilan belgilanadi. Bunda binoning turi, qavatliligi, geometrik parametrlari, konstruktsiyaga bo’lgan zo’riqishlari aniqlaniladi. Ishchilar sog’ligini saqlashda va ular mehnatining samaradorligini oshirishda qulay, havfsiz mehnat sharoitlarini yaratish, ishlab chiqarish tsexlarining intererini majmuali arxitekturaviy-badiiy loyihalash muhim rol o’ynaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |