Botirov shahobiddin pul va banklar fanidan oraliq nazorat ishi


yilda tashkil topgan Moliyaviy ommaboplik al'yansining (MOA)


Download 46.06 Kb.
bet4/7
Sana23.04.2023
Hajmi46.06 Kb.
#1390972
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Pul va bank. Maruza. Botirov.SH

2008 yilda tashkil topgan Moliyaviy ommaboplik al'yansining (MOA) maqsadi moliyaviy ommaboplik bo‘yicha samarali siyosatni amalga oshirish orqali moliyaviy resurslardan foydalana olmaydiganlar uchun tegishli moliyaviy xizmatlar sifatini va ulardan foydalanish imkoniyatini oshirishdan iborat. Dunyoning 95 rivojlanayotgan mamlakatlarining tartibga soluvchi moliyaviy tashkilotlarini birlashtiradi. Al'yans davlat moliyaviy tizimining iqtisodiy rivojlanishiga hissa qo‘shadigan muhim siyosiy sohalarda a'zo mamlakatlarga grantlar va texnik yordam ko‘rsatadi.
Islom taraqqiyot banki (ITB) - islomiy moliyalashtirishga yo‘naltirilgan ko‘p tomonlama rivojlanish banki 1975 yilda tashkil topgan. U a'zo mamlakatlarning iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish loyihalarini moliyalashtiradi. Bank shariat qonunlari va tamoyillariga asoslanib, a'zo davlatlar va butun dunyo musulmon jamoalarida ijtimoiy va iqtisodiy rivojlanishni qo‘llab-quvvatlash orqali o‘z faoliyatini amalga oshiradi.

Xalqaro moliya instituti global qarz miqdori hisobotini e’lon qildi

O‘tgan yili jahon qarzi 303 trillion dollarni tashkil etib, tarixdagi eng yuqori ko‘rsatkichga yetdi, bunga Xitoy qarzining “keskin” o‘sishi sabab bo‘ldi.


O‘tgan yili jahon qarzi 303 trillion dollarni tashkil etib, tarixdagi eng yuqori ko‘rsatkichga yetdi, bunga Xitoy qarzining “keskin” o‘sishi sabab bo‘ldi.
Xalqaro moliya instituti (IIF) “Global Debt Monitor” hisobotini e’lon qildi.
Hisobotga ko‘ra, o‘tgan yil oxiriga kelib jahon qarzi 303 trillion dollarni tashkil etib, 2020-yilga nisbatan 10 trillion dollardan oshgan.
2020-yilda global qarz miqdori yangi turdagi koronavirus (Kovid-19) epidemiyasi ta’siri tufayli 33 trillion dollarga oshib, 292,6 trillion dollarni tashkil qildi.
O‘tgan yili global qarzlarning ko‘payishi rivojlanayotgan bozorlar, xususan, Xitoy qarzlarining ortishi bilan bog‘liq.
Tarmoqlar bo'yicha eng katta o'sish davlat va nomoliyaviy kompaniyalarga tegishli qarzlarda kuzatildi.


Download 46.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling