Boxanova Asemgul
Download 17.19 Kb.
|
Boxanova Asemgul slayd mehnat va muhandislik psixologiyasi
Diagnostik professiografiyalash empirik ma’lumotlarni yigʻish usullari orqali amalga oshiriladi. Prognostik professiografiyalash kasbiy faoliyatni takomillashtirish boʻyicha asoslangan tavsiyalarni berish maqsadida qoʻllaniladi. 1. Kasbning umumiy tavsifi: Kasb rivojlanishi tarixi va istiqbollari. Kasbiy faoliyatni bajarilishining ijtimoiy - iqtisodiy sharoitlari. Kasbiy muhit. 2. Kasbiy dala va mazmuni va jihati: Kasbiy dala tavsifi. Kasbiy bilimni aniqlovchi omillar. Kasbiy bilimni rivojlanishi prognozi. 3. Kasbiy ta’lim malaka oshirish: Kasbiy ta’lim darajasi. Kasbiy tayyorgarlik. Malaka oshirish. 4. Ishchining kasbiy moyilligi: Mutaxassislik sohasining kengligi. Asosiy malakalar darajasi. Mutaxassislik va kasbni oʻzgartirish imkoniyati. 5. Kasb istiqbolini baholash: Shaxsning kasbiy - psixologik potensiali. Ishchining kasbiy faolligi. Kasbiy oʻzini oʻzi takomillashtirish karyera. Pragnostik professiografiyalash genetik usullarni, shuningdek modellashtiruvchi eksperimentlarni qoʻllaydi. Metodik professiografiyalash psixologga mehnat sub’yektining holati va muhim kasbiy sifatlarni oʻrganish usullarini ishlab chiqish imkonini beradi. Tadqiqot maqsadi va vazifalariga koʻra metodik professiografiyalash sxemasi ham oʻzgaradi.Masalan, kasbiy mehnat va hordiq tartibi, kasbiy toliqish, befarqlik, passivlikka boʻlgan ta’sirini oʻrganishda shunday sxema qoʻllaniladi. 1. Mehnat sub’yekti faoliyatining mazmuni: Haraktlar turi va ularning tavsifi. Ishni rejalashtirish va bajarish xarakteri. Emotsional koʻrinishlar. Ish joyidagi noqulaylik turlari. Faoliyat jarayonida paydo boʻladigan xatolar, brak travma turlari. 2. Mehnat sharoitlari: Sanitariya - gigienik muhit (havo darajasi, chang, namgarlik va boshqa). Jismoniy muhitning yoritilganligi, shovqin. Ish tartibi. Haq toʻlash va ragʻbat shakli. Mutaxassisning kasbiy mahoratini oʻrganishda professiografiyalashning quyidagi sxemasi qoʻllaniladi. 1. Faoliyat mazmuni: Ishchilar malakasiga qoʻyiladigan talablar (kasbiy bilim, koʻnikma va malakalar, shuningdek, sifatlar va qobiliyatlar). Ishchilarning huquq va majburiyatlari. 2. Mehnatni tashkillashtirish: Malaka oshirish. Kasbiy psixologik potensial. Ijodiy qobiliyatlar. 3. Mehnat sub’yekti faoliyati: Harakatlar turi va ularning tavsifi. Ishni rejalashtirish va uni nazorat qilish. Faoliyat individualligining xususiyatlari. Ta’limga yoʻnaltirilgan professiografiyalash - asosiga kasb sub’yektligi haqidagi gʻoya qoʻyiladi: kasb egasi, faoliyatning haqiqiy sub’yekti boʻlib, unga bir qator maxsus belgilar xos. Bu professiografiyalashning mualliflari uning mazmun - mohiyati va loyixalashtirish texnologiyalarini oʻrganib chiqishdi. Kasb pasporti bloki kasb va mutaxassisliklar nomining modifikasiyasi, kasbiy yoʻnalish, kasb maqsadi, ta’lim darajasi haqida qisqa ma’lumotlarni oʻz ichiga oladi. ―Kasbning asosiy ob’yekti (sohasi) bloki kasb turi haqida ma’lumotlarni oʻz ichiga oladi.Download 17.19 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling