II.BOB.Xalqaro tashishda yuklarni yetkazib berish muddatini tadqiq qilish
2.1. Xalqaro tashishda transport vositalarini to’xtash va harakatlanish vaqtlarini hisoblash
Avtomobillarning texnik holatini tekshirish. Yo’lga chiqishdan oldin nazorat qilish. Yo’lga chiqishdan oldin transport vositalarining texnik holatini OTK nazoratchisi, yoki, navbatchi mexaniq tekshiradi.Tormoz tizimi, rul boshqarmasi va old ko’prik, tashqi yoritish uskunalari, oyna tozalagich va oyna yuvgich, g’ildirak va shinalar, dvigatel va transmissiyalarida nosozliklar mavjud bo’lgan avtomobillar, tirkama va yarim tirkamalar yo’nalishga chiqarilmaydi.
Tez alangalanadigan, zaharli, portlaydigan va radioaktiv moddalar, siqilgan va suyiltirilgan gazlar tashish uchun mo’ljallangan yuk avtomobillarining kuzovi va undagi jihozlar, bunday yuklarni tashish uchun amaldagi qoidalar talabiga javob bermasa; boshqarish pedallari va richaklarning zichligi buzilgan bo’lsa, (natijada salaonga uglerod oksidi kirsa), old, yonlardagi va orqa oynalarga haydovchining ko’rishiga halaqit beradigan pardalar va boshqa narsalar osilgan bo’lsa, avtomobillarning yo’nalishga chiqishga ruxsat etilmaydi.
Yo’l hujjatlari haydovchiga ko’zdan kechirish tugagandan keyingina beriladi.
Yo’nalishda ishlaganda nazorat qilish – Avtomobil yurib ketayotganda haydovchi uning texnik holatini,qirilmalarning (pribor)ko’rsatishiga, boshqarish organlaridagi kuchning o’zgarishiga, avtomobil agregatlaridagi shovqin darajasiga qarab nazorat qiladi. To’xtash joylarida haydovchi shinalardagi havo bosimini va shinalar holatini, tirkash asbobining holatini, yoritish va elektr priborlarining ishini tekshiradi. Agar harakat xavfsizligiga ta’sir qiladigan buzuqliklar sezilsa, va ularni shu joyning o’zida tuzatishning iloji bo’lmasa, haydovchi texnik yordamni chaqirishi, uning ham iloji bo’lmasa, tegishli ehtiyot choralarini ko’rib, ATKga qaytib kelishi lozim.
ATKga qaytgandan keyin nazorat qilish – Transport vositasi ATKga qaytgandan so’ng, OTK nazoratchisi, yoki, navbatchi mexaniq uning texnik holatini tekshiradi. Buzuq avtomobillar nuqsonlarini bartaraf etish uchun TXK zonasiga jo’natiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |