Boymurodov safarning


O'ZBEKISTONDA AVTOMOBIL TRANSPORTINING RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI


Download 1.28 Mb.
bet6/9
Sana05.04.2023
Hajmi1.28 Mb.
#1277207
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
safar uzb kurs ishi

4.O'ZBEKISTONDA AVTOMOBIL TRANSPORTINING RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI
O’zbekiston Respublikasining ijtimoiy-iqtisodiy hayotida transport tizimining yana bir muhim qismi bo‘lgan avtomobil transporti va avtomobil yo‘llari ham muhim o’rinlardan birini egallaydi. Milliy iqtisodiyotning avtomobil transportidan foydalanmaydigan birorta sohasi yo‘q.
Qisqa masofalarga yuk va yo‘lovchilarni tashishda, zamonaviy transportning boshqa xillari mavjud bo‘lmagan manzilgohlarda aholi va tashkilotlarga xizmat ko‘rsatishda, ayniqsa transport uchun noqulay bo‘lgan tog‘li joylarda avtomobil transportining ahamiyati beqiyosdir.Avtomobil yo‘llarining ahamiyatiga qarab aholi joylashuvi shakllangan va bu jarayon hozirda ham davom etmoqda.
Ushbu xalqaro, davlat va mahalliy ahamiyatga ega bo’lgan yo’llarda aholi ancha zich joylashgan. Lekin, avtomobil transporti boshqa transport tarmoqlariga qaraganda anchgagina ko’p yoqilg’I sarflaydi va atrof-muhitga anchagina zarar yetkazadi bunga chora sifatida esa elektrodvigatel bilan ishlaydigan avtomobillardan foydalanish maqsadga muvofiq.
Yurtimizda eng muhim bo’lgan avtomobil yo’llariga eng avvalo Toshkent, Sirdaryo, Jizzax, Samarqand, Qashqadaryo, Surxondaryoni bog’laydigan “ Katta O’zbek Traktining” ahamiyati juda yuqori. Uning uzunligi 700 km ni tashkil etadi va u 1940-yilda qurib bitkazilgan. Oradan bir qancha yil o’tib 1959-yilda ToshkentAngren-Qo’qon uzunligi 248 km li avtomobil yo’li foydalanishga topshirildi. Ushbu avtomobil yo’li Farg‘ona vodiysini mamlakatimizning markaziy qismi bilan bog‘lovchi ikkita yer osti yo‘li qurlishini o‘z ichiga olgan Qamchiq dovoni orqali o‘tuvchi eng yuqori xalqaro talablarga javob beradigan avtomobil yo‘li foydalanishga topshirildi.
Transport vositalari-avtobuslar, yuk va engil mashinalarga ega bo‘lgan jamoa hamda xususiy xo‘jaliklar ko‘paymoqda, ularning yo‘lovchi va yuk tashishda salmog‘i asta-sekinlik bilan o‘sib bormoqda. Mamlakat avtotransportining moddiy-texnik bazasi mustahkamlanmoqda. Avtotransport parki xorijiy mamlakatlar (Germaniya, Janubiy Koreya)dan keltirilgan va vatanimizda ishlab chiqarilayotgan avtobuslar, yengil mashinalar hisobiga tobora yangilanib bormoqda. Avtoxo‘jaliklar, yo‘l qurilishi xo‘jaliklari zamonaviy texnikalar bilan taminlanmoqda. Bularning barchasi vatani,izni rivojlanishi va istiqboliga hizmat qiladi.
O‘zbekiston avtomobil transportida qo‘shni uzoq xorijiy davlatlar bilan bog‘lanish istiqboli ochilmoqda. Mamlakatimiz O‘rta Osiyo davlatlarining barchasi bilan tashabbuskor bo‘lib chiqmoqda yoki bevosita qatnashmoqda. Masalan, Har qanday hududning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti va aholining hayot darajasini ko’tarishda transportning o'rni va mohiyati beqiyosdir.
Transport moddiy ishlab chiqarishning muhim tarmoqlaridan biri hisoblanadi. Uning rivojlanish darajasi mamlakat iqtisodiy otiga, unda ishlab chiqarish kuchlarining joylashish va rivojlanishiga bevosita ta'sir ko’rsatadi. Ishlab chiqarish kuchlarini rivojlanishi va joylashtirishda transportning ahamiyati beqiyos.
Transport har qanday mintaqada ishlab chiqarish infrastrukturasini muhim asosi hisoblanadi. Har qanday masshtabdagi hududni transportsiz samarali va oqilona rivojlantirish mumkin emas.
Sanoat va qishloq xo’jaligida mahsulot ishlab chiqarish va iste’molchiga yetkazib berishda transport faol ishtrok etadi. Iqtisodiy tuman va zonalarda ixtisoslashuv transport orqali amalga oshadi. Transportning rivojlanish darajasi ishlab chiqarish kuchlari va texnika taraqqiyotining umumiy rivojlanish darajasiga bog’liq.
O’zbekiston qudratli (temir yo’l, avto, avia, quvur va daryo) transport tizimlariga ega. Har yili yuk va yo’lovchi tashuvchi transportlarda juda ko’p miqdorda xizmat amalga oshirilgan.
Eng Muhim yo’llardan hisoblangan Farg’ona–Qo’rg’ontepa, Farg’ona–Namangan, Toshkent-O’sh traktlari viloyatning ko’pgina tumanlari va sanoat markazlarini kesib o’tadi. “Ma’lumki, davlatimiz rahbarining 2018-yil 6-martdagi qaroriga muvofiq O’zbekiston avtomobil transporti agentligi qayta tashkil etilgan edi.
Unga binoan 2018-2021-yillarda avtomobil transporti infratuzilmasini rivojlantirish dasturi qabul qilindi. Dastur ijrosi doirasida 50 dan ziyodyo’lovchi tashish yo’nalishi ochildi, 9 avtostansiya qurildi, 82 yangi avtobus sotib olindi. “ Qozog’iston, Qirg’iziston va Tojikistonga 5 xalqaro avtobus qatnovi yo’lga qo’yildi.” Ayniqsa, Farg’ona xalqa yo’li nafaqat qishloq tumanlarni, balki vodiyning barcha viloyatlari va yirik shaharlarini bir-biri bilan bog’lab, transport iqtisodiy aloqalarni amalga oshiradi.
Toshkent-Farg’ona-O’sh yo’li Farg’ona vodiysi viloyatlarini bir biri bilan bog’lashdan tashqari, qo’shni Qirg’iziston Respublikasi hamda Xitoy davlati bilan iqtisodiy aloqalarni amalga oshirish uchun xizmat qiladi.
Mamlakatimiz shu maqsadda Xitoy va Pokistonga chiquvchi Andijon-O’sh-Ergashtom-Qashqar avtomobil yo’li hamda Hind okeaniga bevosita chiquvchi Termiz-Hirot-Karachi avtomobil yo’li qurilishida va ularni qayta qurishda o’z ulushi bilan qatanshmoqda.
Yurtimiz viloyatlarining Qirg’iziston va Qozog’iston bilan olib boriladigan savdo aloqalari asosan Toshkent viloyati orqali amalga oshiriladi. Shaharda transport harakatini kamaytirish maqsadida shaxar tashqarisida halqa yo’li barpo etilgan. Uning uzunligi 64 km bo’lib, O’zbekistonda shunday maqsadda qurilgan yagona yo’l hisoblanadi.
Keyingi yillarda mustaqillikdan avvalgi davrdan qolgan eski avtomobil yo’llari kengaytirilib borilmoqda. Farg’ona vodiysi-Toshkent-Samarqand-Buxoro-Nukus-Denov zamonaviy andozalarga javob beruvchi 1800 km li magistral avtomobil yo’li ilgarilari g’arb va sharqni birlashtirgan “Buyuk ipak yo’li”ning tiklashning ramzidir. Andijon-O’sh-Ergashtom avtomobil yo’li Xitoy orqali Sharqiy suv havzalariga chiqish imkonini beradi.

2-Jadval



Download 1.28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling