Boymurodova X. Sattorova, Sh. Muslimova, F. Karimova
Download 1.26 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Dars jihozlari
- “Mazmunga oid jadval” mashqi.
FK 2: asar qahramoniga munosabat bildira olish.
Tarbiyaviy: o‘quvchilarga yuksak insoniy fazilatlarni, mardlik, fidoyi- lik tuyg‘ularini singdirish, ularni kitobni sevish va qadrlashga o‘rga tish. TK 6: o‘quv qurollarini saramjon saqlay olishga o‘rgatish. Rivojlantiruvchi: o‘quvchilarning asar mazmunini shaxsini o‘zgartirib hikoyalash, so‘z boyligini oshira borish va nutqida qo‘llash malakalarini hamda ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish. FK 1: asarning mazmunini qisqartirib, qayta aytib bera olish. Dars turi: yangi tushuncha va bilimlarni shakllantiruvchi. Dars metodlari: suhbat, tushuntirish, “Mazmunga oid jadval”, “Topib o‘qi”, “Sonlar tilsimi”, “Tezkor savollar” mashqlari. Dars jihozlari: turli xil kitoblar tasvirlangan rasmlar, multimedia ilovalari. 106 Darsning borishi: I. Tashkiliy qism. Salomlashish. O‘quvchilarning darsga hozirlash. II. Uy vazifasini so‘rash va o‘tilgan mavzuni mustahkamlash. O‘quvchilar “Kitobga ixlos” qissasining 1-qismini navbat bilan o‘qiydilar. “Mazmunga oid jadval” mashqi. O‘tilgan mavzuni mustahkamlash maqsadida o‘quvchilar qissaning 1-qismi mazmunini yorituvchi jadval- ni mustaqil ravishda yoki birgalikda to‘ldiradilar va uni izohlaydilar. “Kitobga ixlos” qissasining 1-qismi mazmuniga oid jadval Kim? Ibn Sino Nima qildi? Yarim tungacha kitob mutolaa qildi. Registon tomon qizarib, osmonga uchqunlar sachrab turganini sezdi. Halloslab Registon maydoniga keldi. Ko‘nglini ezayotgan shubha haqiqat bo‘lib chiqqanini angladi. Keyin nima bo‘ldi? Chelaklab suv tashib o‘t o‘chirayotganlarga qarashib turdi. Olov chiqib turgan bir hujraga o‘zini urdi. Etagining yonayotganiga ham parvo qilmay, bir necha kitobni quchoqlab chiqdi. Nima o‘zgardi? Odamlar shuncha urinib, yong‘inni so‘ndira olmadilar. Ibn Sino yarim-yorti kuygan bir necha kitobni qo‘ltiqlagan holda uyiga jo‘nadi. Xulosa Ha, baxtsizlik, ammo bilib qo‘yingki, dunyoviy ilm dushmanlari ma’rifat chirog‘ini o‘chirolmaydilar. Download 1.26 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling