Boymurodova X. Sattorova, Sh. Muslimova, F. Karimova


Download 1.26 Mb.
Pdf ko'rish
bet118/264
Sana29.10.2023
Hajmi1.26 Mb.
#1733103
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   264
Darsning maqsadi:
Ta’limiy: o‘quvchilarni “Pahlavon va shoir” rivoyatining mazmuni 
bilan tanishtirish, mardlik, jasurlik haqida ma’lumot berish, og‘zaki va 
yozma nutqini o‘stirish, mustaqil fikrlashga o‘rgatish.
FK 1: rivoyatni ongli, ifodali, sidirg‘a o‘qiy olish.
Tarbiyaviy: o‘quvchilarda ziyraklik, topqirlik qobiliyatlarini, o‘zaro 
hurmat, tabiatga mehr-muhabbat va ehtiyotkorona munosabatini tarbi-
yalash.
TK 3: yaxshi fazilatlarni o‘zida aks ettirishga harakat qilish.
Rivojlantiruvchi: o‘quvchilarning bog‘lanishli nutqini o‘stirish, 
lug‘at ustida ishlash, matndagi so‘zlarning ma’nosini izohlay olish 
malakasini rivojlantirish.
FK 2asar qahramonlariga munosabat bildira olish.
Dars turi: yangi tushuncha va bilimlarni shakllantiruvchi.
Dars metodlari: suhbat, “Zig-zag” usuli, “Gapni davom ettir” o‘yini.


109
Dars jihozlari: mavzuga oid rasmlar, tarqatma materiallar, multi-
media ilovalari.
Darsning borishi:
I. Tashkiliy qism. Salomlashish. O‘quvchilarni darsga hozirlash.
II. Uy vazifasini so‘rash va o‘tilgan mavzuni mustahkamlash.
Mirkarim Osimning “Kitobga ixlos” qissasi yuzasidan sahna ko‘-
rinishi namoyish etiladi. O‘quvchilar tomonidan tayyorlab kelgan sahna 
ko‘rinishi orqali ularning nutqi ravonligi, ifodali , obrazli namoyish
qilish lariga e’tibor qaratiladi. 
– Ibn Sino nimani ko‘rib qoldi?
– Nima uchun Ibn Sino o‘z shahrini tashlab ketdi?
III. Yangi mavzu bayoni.
– Bugungi darsda siz bilan “Pahlavon va shoir” rivoyati bilan tani-
shamiz. Rivoyat muallifi haqida qisqacha ma’lumot beriladi, mazmu-
ni tushuntiriladi. O‘quvchilar “Ichda o‘qish” usulidan foydalanib 
o‘qitiladi. Rivoyat mazmuni tahlil qilinadi. 
– Pahlavon nima uchun yosh bahodir bilan kurash tushishni xohla-
madi?
– Pahlavon qanday jasorat ko‘rsatdi?
– Pahlavon Mahmud sultondan qanday tilak so‘radi?
Rivoyatdagi notanish so‘zlar yuzasidan lug‘at ishi o‘tkaziladi.

Download 1.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   264




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling