115
Domlaning bola bilan dastlabki va
keyingi suhbatini taqqoslab
–
o‘qing. U yetim bolaga qanday munosabatda bo‘ldi?
O‘quvchilarning javoblari to‘ldirilib, umumlashtiriladi.
“Bilimdonlar” o‘yini. O‘quvchilarga
parcha asosida turli xil
savollar beriladi. Eng ko‘p to‘g‘ri javob topgan o‘quvchi g‘olib
bo‘ladi va rag‘batlantiriladi.
V. Darsga yakun yasash va o‘quvchilarni baholash.
Darsda o‘rganilganlar yuzasidan savol-javob o‘tkaziladi.
– Qissadagi voqealar sizda qanday taassurot qoldirdi?
– Qissa qahramonlariga o‘xshash insonlarni
hayotingizda uchrat-
ganmisiz?
Dars
xulosalanib, faol qatnashgan o‘quvchilar baholanadi.
VI. Uyga vazifa. “Shum bola” qissasini o‘qib,
mazmunini qayta
hikoya qilish.
76-d a r s
Mavzu: “Shahzodaning bolaligi” (
Erkin Samandar).
Darsning maqsadi:
Ta’limiy: o‘quvchilarni “Shahzodaning bolaligi” hikoyasi orqali ta-
niqli tarixiy shaxslardan birining hayotiga oid ma’lumotlar bilan tanish-
tirish, ravon va ifodali o‘qishga, matn ustida ishlashga o‘rgatish.
FK 1
: hikoya mazmunini to‘liq fikrini og‘zaki bayon qila olish.
Tarbiyaviy:
o‘quvchilarda ona Vatanga muhabbat, jasurlik, fidokor-
lik xislatlarini tarbiyalash.
TK 4: hikoyada aks etgan vatanparvarlik xususiyatlarini anglash.
Do'stlaringiz bilan baham: