Boymurodova X. Sattorova, Sh. Muslimova, F. Karimova
Download 1.26 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Dars jihozlari
VI. Uyga vazifa. “Shahzodaning bolaligi” hikoyasini so‘z lash.
80-d a r s Mavzu: “Odobli bo‘lish osonmi?” (Anvar Obidjon). 1-qism. Darsning maqsadi: Ta’limiy: o‘quvchilarni ongli, ravon va ifodali o‘qishga, matn mazmunini to‘liq uqib olishga, o‘zgalar nutqini eshitib, tushunib olish- ga o‘rgatish. TK 3: ertak kitoblarni muntazam o‘qish va bilimini oshirish. FK 1: ertak mazmunini qayta hikoya qila olish. Tarbiyaviy: o‘quvchilarni odobli bo‘lishga, kattalarni hurmat qilish- ga, muloyim so‘zlashga o‘rgatish, ularda o‘zaro mehr-oqibat, o‘zgalarga yaxshilik tilash tuyg‘ularini tarbiyalash. TK 4: yaxshi va yomon odatlarni bir-biridan farqlay olish. Rivojlantiruvchi: o‘quvchilarning asarning asosiy g‘oyasini ajrata olish qobiliyatini, umumlashtirish, taqqoslash, xulosa chiqarish ko‘nikmalarini hamda og‘zaki nutqini rivojlantirish, so‘z boyligini oshirish. FK 2: ertak qahramonlariga munosabat bildira olish. Dars turi: yangi tushuncha va bilimlarni shakllantiruvchi. Dars metodlari: suhbat, tushuntirish, “Kayfiyat xabarlari”, “Zig- zag strategiyasi”, “Toshchalarga qoqilib o‘qish” mashqlari. Dars jihozlari: ertak qahramonlari tasvirlangan rasmlar, multime- dia ilovalari. Darsning borishi: I. Tashkiliy qism. Salomlashish. O‘quvchilarning darsga hozirlash. “Kayfiyat xabarlari” mashqi. O‘quvchilar bir aylana bo‘lib turadi yoki o‘tiradilar va mav- zuga, masalan ob-havo, hayvonlar, qushlar yoki o‘simliklarga doir hissiyotlarini ma’lum qiladilar. Misol uchun: – O‘tgan bir yoki ikki kun ichida atrofda juda ko‘p qora bulutlar bo‘ldi, ammo quyosh o‘z nurlarini socha boshlayapti. 118 – Men o‘zimni xuddi tipratikan kabi sekin va sertikan his etyapman. – Sinfga kelganimda men chittak edim, kichkina va sezilmas, hozir esa o‘zimni chig‘alaydek his qilyapman. Bu mashq hammaga o‘z kayfiyatini ifodalash uchun imkoniyat be- radi hamda o‘qituvchining va sinfdagi qolganlarning dars boshlangani- da boshqalar qanday his qilayotganliklarini va hissiy xulq-atvorga dars- ning foydasiga ta’sirlanuvchanligini uyg‘otadi. Download 1.26 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling