Boymurodova X. Sattorova, Sh. Muslimova, F. Karimova


Download 1.26 Mb.
Pdf ko'rish
bet130/264
Sana29.10.2023
Hajmi1.26 Mb.
#1733103
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   264
Darslik bilan ishlash
“Toshchalarga qoqilib o‘qish” mashqi.
– Faraz qiling – irmoqcha oqyapti. Uning yo‘lida “toshcha” 
uch raydi. Irmoqcha nima qiladi? Biroz to‘xtab, toshchani aylanib o‘tadi 
va yo‘lida davom etadi. Endi faraz qiling, bizning ovozimiz bu – irmoq-
cha. Toshchalar – matnda uchraydigan barcha tinish belgilari. Gaplar-
ni o‘qiyotgan vaqtda “toshchalar” (tinish belgilari)ga ahamiyat berib 
o‘qing.
O‘quvchilar navbat bilan o‘qiydilar. Yo‘llarida nechta va qanday 
“toshchalar” uchraganiga izoh beradilar.
IV. Yangi mavzuni mustahkamlash.
Yangi mavzuni mustahkamlash maqsadida o‘quvchilar sahna 
ko‘rinishi qo‘yadilar. Bunda ular o‘z xohishlariga ko‘ra ertak qahra-
monini tanlaydilar. O‘quvchilarga tanlagan qahramonlariga ovozlari va 
harakatlari bilan taqlid qilishlari lozimligi tushuntiriladi.
“Ertak qahramonlarini aniqla” mashqi o‘tkaziladi.
Mittigina, quvnoqqina, yebto‘ymasgina
1. 
…. Bu ta’rif ertak-
ning qaysi qahramoni haqida?
A) mushuk B) echki D) toshbaqa E) sichqoncha
Sichqoncha onajonisi bilan qayerda yashar ekan?
2. 
A) yerto‘lada B) uyning kovagida D) yo‘lakda E) tomda
Kichkintoylarning odobi, birinchi navbatda, nimadan bili-
3. 
nadi?
A) tabassum qilishidan B) gapidan
D) salom berishidan E) kiyinishidan
Ertakda sichqoncha birinchi bo‘lib kimga salom berdi?
4. 
A) mushukka B) qo‘yga D) echkiga E) itga
Echki sichqonga nimaning chetidan ozgina kemirib olishni 
5. 
taklif qildi? 
olmaning B) nonning D) pishloqning
A) 
E) dumbulning
V. Darsga yakun yasash va o‘quvchilarni baholash.
O‘quvchilarga mavzu yuzasidan quyidagi savollar beriladi:
1. Ertak nima haqida ekan?
2. Ertak kimning nomidan bayon qilingan?
3. Ertakning asosiy g‘oyasi nimada deb o‘ylaysiz?
4. Darsdagi qaysi topshiriqlar siz uchun qiziqarli bo‘ldi?
5. Bu darsda olgan qaysi bilimlaringizni kelgusi hayotingizda qo‘l-
lay olasiz?
O‘quvchilar darsda ishtirokiga ko‘ra baholanadi. 

Download 1.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   264




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling