Boymurodova X. Sattorova, Sh. Muslimova, F. Karimova
Download 1.26 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Dars jihozlari
- III. Yangi mavzu bayoni.
VI. Uyga vazifa berish. “Odobli bo‘lish osonmi?” ertagining 1-qis-
mini o‘qish va mazmunini hikoya qilish. 120 81-d a r s Mavzu: “Odobli bo‘lish osonmi?” (Anvar Obidjon). 2-qism. Darsning maqsadi: Ta’limiy: o‘quvchilarni “Odobli bo‘lish osonmi?” ertagining 2-qis mi bilan tanishtirish. O‘quvchilarda to‘g‘ri va ifodali o‘qish ko‘ nikmalarini shakllantirish. TK 3: ertak kitoblarni muntazam o‘qish va bilimini oshirish. FK 1: ertak mazmunini qayta hikoya qilish. Tarbiyaviy: o‘quvchilarni kattalarni hurmat, kichiklarni izzat qilish ga, xushmuomala bo‘lishga o‘rgatish, ularda o‘zaro mehr-oqibat tuyg‘ularini tarbiyalash. TK 4: yaxshi va yomon odatlarni bir-biridan farqlay olish. Rivojlantiruvchi: o‘quvchilarning mustaqil va ijodiy qobiliyatlarini, lug‘at ustida ishlash malakalarini rivojlantirish. FK 2: ertak qahramonlariga munosabat bildira olish. Dars turi: yangi tushuncha va bilimlarni shakllantiruvchi. Dars metodlari: savol-javob, tushuntirish, “O‘rnini almashtir” o‘yini. Dars jihozlari: tarqatma materiallar, multimedia ilovalari. Darsning borishi: I. Tashkiliy qism. Salomlashish. O‘quvchilarni darsga hozirlash. II. Uy vazifasini so‘rash va o‘tilgan mavzuni mustahkamlash. “Odobli bo‘lish osonmi?” ertagining 1-qismi o‘qitiladi, mazmuni 3–4 o‘quvchiga so‘zlatiladi. O‘quvchilar o‘rtasida savol-javob o‘tka ziladi. Sichqoncha eng avval kimga salom berdi? 1. Qanday vaziyatlarda salom berilmaydi? 2. III. Yangi mavzu bayoni. – Bolajonlar, siz baqaning injiqligi, qaysarligini qanday baholaysiz? O‘quvchilarning javoblari tinglanib, yangi mavzu e’lon qilinadi. – Bugun biz sizlar bilan “Odobli bo‘lish osonmi?” ertagining 2-qis- mi bilan tanishamiz. O‘quvchilar bilan o‘z vaqtida salomlashish haqida suhbatlashiladi, ularning fikrlari tinglanib, to‘ldiriladi. O‘qituvchi “Odobli bo‘lish osonmi?” ertagining 2-qismini ifodali o‘qib beradi. Ertak mazmuni haqida qisqacha ma’lumot beriladi. Download 1.26 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling