129
85-d a r s
Mavzu: “Nurxon bilan Burxon” (
Miraziz A’zam).
Darsning maqsadi:
Ta’limiy: o‘quvchilarni she’r mazmuni bilan tanishtirish, to‘g‘ri va
ongli o‘qishga, she’r qahramonlarini o‘zaro qiyoslab, shaxsiy xususiyat-
lari va o‘xshash
tomonlarini topib, tegishli xulosa chiqarishga o‘rgatish.
TK 5: odobli bo‘lishga harakat qilish.
FK 1: she’rni ongli, ifodali o‘qiy olish, mavzuga mos maqol topa
olish.
Tarbiyaviy: o‘quvchilarga mehribonlik, ahillik kabi insoniy fazilat-
larni singdirish.
TK 4: odob-axloq qoidalariga rioya qilish.
Rivojlantiruvchi: o‘quvchilarning asar asosida bahs-munoza-
ra qilish, ertak
mazmunini qayta hikoyalash, matndagi so‘zlarning
ma’nosini izohlay olish malakasini rivojlantirish.
FK 2: asar mazmunidan ta’sirlana olish.
Dars turi: yangi tushuncha va bilimlarni shakllantiruvchi.
Dars metodlari: tushuntirish, “Venn diagrammasi”, “Topib o‘qi”
mashqlari.
Dars jihozlari: ertak qahramonlari
tasvirlangan rasmlar, multime-
dia ilovalari.
Darsning borishi:
I. Tashkiliy qism. Salomlashish. O‘quvchilarni darsga hozirlash.
II. Uy vazifasini so‘rash va o‘tilgan mavzuni mustahkamlash.
O‘quvchilar “Xatosini tushungan bola” hikoyasini “Zanjir” usulida
o‘qiydilar.
O‘tilgan mavzuni mustahkamlash maqsadida o‘quvchilar
hikoya
mazmunini bitta xatboshidan so‘zlab beradilar. Mavzular asosida test
o‘tkaziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: