FK 2: o‘rganilgan hikoyaning nomi, mazmunini ajrata olish.
Dars turi: yangi tushuncha va bilimlarni shakllantiruvchi.
Dars metodlari: tushuntirish, “Davom ettir” metodi, “Tezkor
javob”, “Yosh quruvchi” ta’limiy o‘yinlari.
Dars jihozlari: mavzuga oid rasmlar, tarqatma materiallar, multi-
media ilovalari.
Darsning borishi:
I. Tashkiliy qism. Salomlashish. O‘quvchilarni darsga hozirlash.
II. Uy vazifasini so‘rash va o‘tilgan mavzuni mustahkamlash.
O‘quvchilar “Qo‘rqoq” hikoyasining mazmunini so‘zlab berishadi.
O‘tilgan mavzu asosida savol-javob o‘tkaziladi.
1. Bolalar nima uchun Bahromni “qo‘rqoq” deb atashardi?
2. Bahrom nega kechqurun yo‘lga otlandi?
3. Bahrom qo‘zichoqni qanday qutqarib qoldi?
4. Qo‘rqoq bo‘lmaslik uchun nima qilish kerak, deb o‘ylaysiz?
Test topshiriqlari:
“Qo‘rqoq “ hikoyasining muallifi kim?
1.
A) Sunnatulla Anorboyev
B) Rahim Bekniyozov
D) Nosir Fozilov
E) Mirtemir
2. “Qo‘rqoq” hikoyasida Bahromning otasi qanday halok bo‘lgan ?
A) och bo‘rilari bilan bo‘lgan jangda B) kasal bo‘lgan
D) suvga cho‘kib ketgan
D) urushda halok bo‘lgan
3. “Qo‘rqoq” hikoyasida bolalar nima uchun Bahromni qo‘rqoq deb
atashadi?
A) kechasi yolg‘iz eshikka chiqishdan qo‘rqardi
B) “bo‘ri” deb qo‘rqitsa ishonganligi uchun D) ishonuvchanligi uchun
E) har xil so‘zga ishonishi oqibatida
4. Bahrom qanday jasorat ko‘rsatdi?
A) tunda bir o‘zi sayohat qiladi
B) qo‘zochoqni qutqaradi
D) bo‘ri bilan olishadi
E) musobaqada g‘olib bo‘ldi
5. Do‘stlari qanday kutib olishadigan bo‘ldi?
A) “Qo‘rqoq” so‘zini almashtirishdi
B) O‘rtoq Bahrom
D) Bahrom keldi
E) “Qo‘rqoq” Bahrom
III. Yangi mavzu bayoni.
– Aziz o‘quvchilar, bugun biz siz bilan Nosir Fozilovning “Yaxshi
bo‘ldi” hikoyasini o‘rganamiz.
Hikoya ifodali o‘qib beriladi. Hikoyada uchragan notanish so‘zlar
yuzasidan lug‘at ishi o‘tkaziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |