150
FK 2: hikoya mazmunini to‘liq og‘zaki bayon qila olish.
Dars turi: yangi tushuncha va bilimlarni shakllantiruvchi.
Dars metodlari: savol-javob, “Bumerang”
texnologiyasi, “Kim
nima yeydi?”, “O‘ylab top” o‘yinlari.
Dars jihozlari:
tarqatma materiallar, multimedia ilova lari.
Darsning borishi:
I. Tashkiliy qism.
Salomlashish. O‘quvchilarni darsga hozirlash.
II. Uy vazifasini so‘rash va o‘tilgan mavzuni mustahkamlash.
“Nima yaxsh-yu, nima yomon” bo‘limi yuzasidan savol-javob o‘t-
kaziladi.
– Bo‘limdagi qaysi hikoyada mehnatsevarlik, topqirlik, tadbirkorlik
xususiyatlari yuqori baholangan?
–
Yalqovlik, dangasalik, aldamchilik
yomon odat ekanligi qaysi
she’r va hikoyada ifodalangan?
– Saxiy va xasis kishilarga xos xislatlarni qiyoslab gapiring.
– Bo‘limdagi qaysi hikoyada jonivorlarga mehr bilan qarash haqida
so‘z yuritilgan? Uning mazmunini qisqacha so‘zlab bering.
“O‘ylab top” o‘yini.
1. Dunyoda bir narsa borki, u bo‘lmasa hech kim bir-birini tani-
maydi, u nima? (ism)
2. Qaysi joyda daryolar suvsiz, shaharlar uysiz bo‘ladi? (xaritada)
3. Qaysi hayvon qish bo‘yi boshini pastga qilib uxlaydi? (ko‘r sha-
palak)
4. Hayvonlardan birining nomini ikki tomondan o‘qilsa ham o‘zgar-
maydi. Bu qaysi hayvon? (kiyik)
5.Yumuq ko‘z bilan nimani ko‘rish mumkin? (tush)
6. Qaysi joyda osmon pastda bo‘ladi? (quduqda)
7.
Suvga tushsa mingta, Suvdan chiqsa bitta. (otning dumi)
Do'stlaringiz bilan baham: