168
Dars jihozlari: tarqatma materiallar, multimedia ilovalari.
Darsning borishi:
I. Tashkiliy qism. Salomlashish.
O‘quvchilarni darsga hozirlash.
II. Uy vazifasini so‘rash va o‘tilgan mavzuni mustahkamlash.
O‘quvchilar yozgan sevimli hayvonlari haqidagi hikoyalari o‘qit-
tiriladi. “Hayvonot olamida” bo‘limi yuzasidan savol-javob o‘t-
kaziladi.
– Chaqmoq ismli cho‘pon qaysi hikoya qahramoni edi?
– “Ola buzoq” she’rining muallifi kim?
– Bo‘limda berilgan hikoyalar orqali
qanday hayvonlarni bilib
oldin giz?
– Irodali insonlar haqida qanday hikoyalar bilan tanishdingiz?
O‘quvchilarning javoblari to‘ldirilib, umumlashtiriladi.
“Mozaika” mashqi. O‘quvchilar 4 kishilik kichik guruhlarga
bo‘linadilar. Har bir kichik guruhlarga bahor
fasli tasvirlangan rasmli
konvertlar tarqatiladi. O‘quvchilar rasmni “Mozaika” usuli yordamida
yig‘adilar.
III. Yangi mavzu bayoni.
–
Bolajonlar, yig‘gan rasmingizda nima tasvirlangan ekan?
O‘quvchilarning javoblari tinglanib, yangi mavzu e’lon qilinadi.
– Bugun biz sizlar bilan Qudrat Hikmatning “Bahor” she’ri
bilan
tanishamiz.
O‘quvchilar bilan bahor fasli, unda bo‘ladigan
tabiat hodisalari
haqi da suhbatlashib, fikrlari tinglanadi.
– Bahor faslida qanday o‘zgarishlar bo‘ladi?
– Bahorda yurtimizga qaysi qushlar uchib keladi?
O‘quvchilar javoblari to‘ldirilib, mavzu tushuntiriladi. She’r mualli-
fi haqida qisqacha ma’lumot beriladi.
“Bahor” haqidagi videolavha namoyish etiladi.
Kadr ortidan
“Bahor” she’ri o‘qiladi.
O‘qituvchi “Bahor” she’rini ifodali o‘qib beradi. She’r
mazmuni tushuntiriladi. Notanish so‘zlar yuzasidan lug‘at ishi
o‘tkaziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: