169
She’rda bahor faslida tabiat uyg‘onishi qanday tasvirlangan?
–
Bahor tabiatini “mayin shamollar”, “soyabon tollar”, “tong yel-
–
lari”, “ko‘kni quchgan teraklar”
iboralaridan foydalanib, qayta hikoya
qiling.
O‘quvchilarning javoblari to‘ldirilib,
umumlashtiriladi, tarbiyaviy
xulosa chiqariladi.
“Kamalakdagi jumboq” o‘yini. kamalakdagi belgilardan foy-
dalanib so‘zlar tuzadilar.
“
Qofiyadoshini top” o‘yini. O‘quvchilar “Bahor” she’ridagi
qofiyadosh so‘zlarni topib, aytadilar. Eng ko‘p qofiyadosh so‘z topgan
o‘quvchi g‘olib bo‘ladi.
“Zanjir” o‘yini. O‘quvchilar bahor faslida bo‘ladigan tabiat hodisa-
larini ketma-ket aytishadi. Shu tarzda o‘yin davom etadi.
V. Darsga yakun yasash va o‘quvchilarni baholash.
Darsda o‘rganilganlar yuzasidan savol-javob o‘tkaziladi.
– Darsda nimalarni bilib oldingiz?
– She’rda bahor tabiati qanday tasvirlangan?
Dars
xulosalanib, faol qatnashgan o‘quvchilar baholanadi.
VI. Uyga vazifa berish. “Bahor” she’rini ifodali o‘qish.
117-d a r s
Mavzu:
“Bahor ta’rifida” (
Yusuf Xos Hojib).
Darsning maqsadi:
Ta’limiy:
o‘quvchilarni “Bahor ta’rifida”
rivoyati bilan tanishti-
rish. O‘quvchilarga Yusuf Xos Hojib hayoti va ijodi haqidagi ma’lumot
berish. Iboralarning ma’nosini izohlash, savol-topshiriqlar
ustida ish-
lashga o‘rgatish.
Do'stlaringiz bilan baham: