176
121-d a r s
Mavzu: “Navro‘z – bahor bayrami”
(
Muzayyana Alaviya).
Darsning maqsadi:
Ta’limiy: o‘quvchilarga Navro‘z haqida ma’lumot berish, “Nav-
ro‘z – bahor bayrami” hikoyasi bilan tanishtirish. O‘quvchilarda to‘g‘ri
va ifodali o‘qish ko‘nikmalarini shakllantirish.
FK 1: o‘qilgan hikoyaning mazmunini tushunish.
Tarbiyaviy: o‘quvchilarni milliy qadriyatlarni ulug‘lash
ruhida tar-
biyalash.
TK 4: hikoyada go‘zallik va ezgulikka intilish.
Rivojlantiruvchi: o‘quvchilarning mustaqil va ijodiy qobiliyatlarini,
lug‘at ustida ishlash malakalarini rivojlantirish.
FK 2: o‘qilgan hikoya mazmuniga doir
savol va topshiriqlarga
javob berish.
Dars turi: yangi tushuncha va bilimlarni shakllantiruvchi.
Dars metodlari: savol-javob, kichik guruhlarda ishlash, “So‘zlarni
top” o‘yini.
Dars jihozlari: rasmlar,
tarqatma materiallar, multimedia ilovalari.
Darsning borishi:
I. Tashkiliy qism. Salomlashish. O‘quvchilarni darsga hozirlash.
II. Uy vazifasini so‘rash va o‘tilgan mavzuni mustahkamlash.
“Erka cholning o‘rigi” hikoyasi o‘qitiladi, 3,4 nafar o‘quv chi dan
mazmuni so‘raladi. O‘quvchilar o‘rtasida savol-javob o‘tka ziladi.
– Yozuvchiga qanday o‘rik uzatishdi?
– Erka chol o‘rikni qachon ekkan ekan?
III. Yangi mavzu bayoni.
– Bugun biz “Navro‘z – bahor bayrami” hikoyasi bilan tani shamiz.
O‘quvchilar bilan Navro‘z, unda bo‘ladigan urf-odatlar haqida suh-
batlashiladi,
ularning fikrlari tinglanib, to‘ldiriladi.
Hikoya o‘qib beriladi.
Hikoya mazmuni haqida qisqacha ma’lumot beriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: