177
O‘quvchilar darslikdagi savollarni o‘qib, ularga javob berishadi:
Erta bahorda tabiatda qanday o‘zgarishlar yuz beradi?
–
Navro‘zgacha va Navro‘z kunlari qanday ishlar qilinadi?
–
“So‘zlarni top” o‘yini.
O‘quvchilar yo‘nalishlar bo‘yicha
harfl ardan so‘zlar tizib sumalakka kerakli masalliqlarni aniq-
laydilar.
Kichik guruhlarda ishlash. O‘quvchilar kichik guruhlarga
bo‘lini shadi. Har bir guruh Navro‘zda
tayyorlanadigan taom-
larni birin-ketin aytishadi.
V. Darsga yakun yasash va o‘quvchilarni baholash.
Darsda o‘rganilganlar yuzasidan savol-javob o‘tkaziladi.
– Sizning oyingiz Navro‘z bayramida qanday taomlar pishiradilar?
– Qaysi Navro‘z taomlarini tayyorlashda yordam bera olasiz?
Dars xulosalanib, faol qatnashgan o‘quvchilar baholanadi.
VI. Uyga vazifa berish. “Navro‘z – bahor bayrami” hikoyasini o‘qish.
122-d a r s
Mavzu: “Bayram urf-odatlari”.
Darsning maqsadi:
Ta’limiy: o‘quvchilarni “Bayram urf-odatlari” matni mazmuni bilan
tanishtirish, matnning mazmunini to‘liq yoki qisqartirib qayta aytib bera
olish, o‘rganilgan mavzular doirasida bayon yoza olishga o‘rgatish.
FK 1: matnni
tushunib, ongli, to‘g‘ri o‘qiy olish.
Tarbiyaviy: o‘quvchilarda Navro‘z bayramiga bog‘liq urf-odatlarga
amal qilinishi. Milliy udumlar va qadriyatlarni e’zozlanishi ruhida tar-
biyalash.
Do'stlaringiz bilan baham: