178
Test topshiriqlari:
1. 21-mart qanday kun?
A)
tun va kun tenglashgan kun
B) yangilanish,
yosharish bayrami
D) bahorning boshlanishi
E) yil o‘rtasi
2. “Navro‘z” so‘zining ma’nosi nima?
A)
yangi yil B) yangi kun D) yangi tun E) yangi oy
3. Navro‘zda qanday ishlar boshlanadi?
A) obodonlashtirish B)
yerdan qorlarni tozalash
D) gullar terish E) mehmondorchilikka borishadi
4. Navro‘zda qariyalarga nima tayyorlanadi?
A) bayram sovg‘asi B)
kiyim tiktirishadi
D) sarpo tayyorlashadi E) gullar keltirishadi
5. “Eson-omonlik, hech ko‘rmaylik yomonlik, yanagi oylar-yil-
larga o‘ynab-kulib yetaylik” degan tilakni qachon bildirishadi?
A) xushbo‘y
narsa keltirilganda B) yalpiz, binafsha keltiril-
ganda
D) mevalar keltirilganda E)
kiyimlar keltirilganda
III. Yangi mavzu bayoni.
“Boshqotirma bilag‘oni” mashqi.
O‘rik navi. 2. Navro‘z taomlaridan biri. 3.“Navro‘z – bahor bay-
1.
rami” matnining muallifi kim? 4. Navro‘z kuni tug‘ilgan o‘g‘il bola-
larga qo‘yiladigan ism. 5. … boshim, tuzsiz oshim. 6. Navro‘z kuni
tug‘ilgan qiz bolalarga qo‘yiladigan ism. Javob: Navro‘z.
Yangi mavzu kelib chiqadi va e’lon qilinadi.
– Bugungi darsda siz bilan “Bayram urf-odatlari” matni bilan tani-
shamiz.
Matn mazmuni o‘qituvchi
tomonidan tushuntirib, ifodali o‘qib be-
riladi.
Matn asosida o‘quvchilar bilan suhbat o‘tkaziladi.
1. Siz Navro‘z bayramida qanday niyatlar qilasiz?
2. Oilangizda bayram urf-odatlaridan qaysi birlariga amal qilinadi?
Do'stlaringiz bilan baham: