185
“Gapning egasini top” mashqi. Bir o‘quvchi
hikoyadan biror
qahramonning gapini o‘qib beradi. Ikkinchi o‘quvchi
esa bu
gap kimga tegishli ekanini topishlari lozim bo‘ladi.
Masalan:
– Iya bu nima!
(Ra’no)
– Bu men!
(Daraxt)
– Iya, daraxt ham danakning ichida bo‘ladimi?
(Ra’no)
Test topshiriqlari:
1. “Danak ichidagi daraxt” hikoyasining muallifi kim?
A) N.Fozilov B) Abdurahmon Akbar
D) G‘. G‘ulom
E) Aziz Abdurazzoq
2. “Ra’nolarning uyida asaldan ham totliroq mevasi bor”
daraxtning nomi nima?
A) o‘rik B) gilos D) olcha E) olma
3. O‘rikni quritib nima qilishar edi?
A)
turshak qilishardi B) turshak qilib xaltalarga yig‘ishar edi
D) savatga solib yig‘ishardi E) murabbo tayyorlashardi.
4. Danakning ichidan qanday ovoz keldi?
A) bu men-daraxtman B) qanaqa daraxt ekansan?
D) daraxt danakning ichida bo‘ladimi? E) daraxt,
qayoqqa
qochding?
5. Danak nima qildi?
A) qochib ketdi B)
gapirdi D) yo‘qoldi E)
yerga tushdi
V. Darsga yakun yasash va o‘quvchilarni baholash.
O‘quvchilarga quyidagi savollar beriladi:
1. Sizda nima ko‘proq taassurot qoldirdi?
2. Siz uchun nima yangilik bo‘ldi?
O‘quvchilar darsda ishtirokiga ko‘ra baholanadi.
VI. Uyga vazifa berish. “Danak ichidagi daraxt” hikoyasini o‘qish.
Do'stlaringiz bilan baham: