24
IV. Yangi mavzuni mustahkamlash.
“Qismini top” mashqi. O‘quvchilar guruhlarga bo‘linadi. Bu
guruhlarga mavzu matni qismlarga bo‘lib beriladi. Har bir gu-
ruh a’zolari berilgan qismlarni to‘g‘ri topib, ifodali qilib o‘qishadi va
hikoya qilishadi. Darslikdagi savollarga javob topiladi.
1. Rasul xaritada Samarqand, Buxoro, Xiva shaharlarini nima uchun
ko‘hna yodgorliklar misolida tasvirladi?
2. Siz O‘zbekistonni qaysi davlatlar bilan
chegaradosh ekanligini
bilasizmi?
Test topshiriqlari:
1. Kimning rasmida chegara nuqtali chiziqlar bilan chizilgan edi?
A) Samadda B) Rasulda D) Islomda E) Akasida
2. Chizgan birinchi rasmiga akasi qanday qaradi?
A) quvonch bilan
B)
tashvish bilan
D) loqayd bo‘lib
E) hayratomuz holatda
3. Rasul umrida ko‘rmagan qaysi
shaharni tasavvur qilib
chizdi?
A) Samarqandni
B) Toshkentni D) Buxoroni E) Andijonni
4. Cho‘l degan joyga nimani rasmini chizdi?
A) qo‘yni
B) itni D) otni E)
echkini
5. Rasul xarita tagiga nima deb yozdi?
A) Tojikiston B) Qozog‘iston D) Armaniston
E) O‘zbekiston
Test natijasi e’lon qilinadi va xulosalanadi.
V. Darsga yakun yasash va o‘quvchilarni baholash.
O‘quvchilarga quyidagicha savollar beriladi:
1. Shu mavzudan so‘ng sizda o‘z qishloq yoki shaharingiz xaritasini
chizish istagi paydo bo‘ldimi?
2. Chizgan xaritangizda nimalarni tasvirlagan bo‘lardingiz?
3. Mavzudan olgan bilimlaringizni qachon qo‘llash mumkin?
Dars xulosalanib, faol qatnashgan o‘quvchilar baholanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: