Boymurodova X. Sattorova, Sh. Muslimova, F. Karimova


Download 1.26 Mb.
Pdf ko'rish
bet104/264
Sana29.10.2023
Hajmi1.26 Mb.
#1733103
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   264
Tarbiyaviy: o‘quvchilarda estetik didni o‘stirish, ularga tabiatni 
sevish tuyg‘usini singdirish.
Rivojlantiruvchi: 
o‘quvchilarning adabiy til talaffuzi qoidalariga 
rioya qilgan holda ongli o‘qish ko‘nikmalari, ijodiy fikrlash qobiliyat-
larini rivojlantirish.
FK 2matndagi so‘z va gaplarning ma’nolarini tushuna olish.
Dars turi: yangi tushuncha va bilimlarni shakllantiruvchi.
Dars metodlari: suhbat, “Sandiqchaga joyla”, “O‘rnini top” mashq lari.
Dars jihozlari: qish manzarasi tasvirlangan rasmlar, multimedia ilova-
lari.
Darsning borishi:
I. Tashkiliy qism. 
Salomlashish. O‘quvchilarni darsga hozirlash. 
II. Uy vazifasini so‘rash va o‘tilgan mavzuni mustahkamlash.
O‘quvchilar “Mehnat kishini ulug‘laydi” mavzusida yozib kelgan 
kichik hikoyalarini o‘qib beradilar. 
“Sandiqchaga joyla” mashqi. O‘tilgan mavzuni mustahkam lash 
maqsadida o‘quvchilar aralash tarzda berilgan maqol va topish-
moqlarni guruhlab, alohida sandiqchalarga joylaydilar.


96
Masalan: 
Tinmas bitta,
Tinglar mingta.
Jasur bo‘lsang yov qaytar.
Bir ajoyib ishxona
Ichi doim qishxona.
(Topishmoqlar javobi: radio, muzlatkich, ruchka)
Mashq natijalari e’lon qilinadi.
III. Yangi mavzu bayoni.
– Bolalar, bugun biz “Qish to‘zg‘itar momiq par” she’ri bilan tani-
shamiz. 
O‘qituvchi she’rning muallifi Qudrat Hikmat haqida qisqacha 
ma’lu mot beriladi.
Qish fasli haqida videolavha namoyish qilinadi.
O‘qituvchi “Qish to‘zg‘itar momiq par” she’rini ifodali o‘qib 
beradi. 
Bu she’r sizga yoqdimi? Nima uchun?
– 
U sizda qanday his-tuyg‘ularni uyg‘otdi?
– 
Shoir she’rni qanday kayfiyatda yozgan?

Download 1.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   264




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling