103
A)
qor odam yasashni B) qo‘y bilan sigirga yemish keltirishni
D) ukasiga qarashni E) dadasini oyog‘ini uqalashni
2. Kamoljon kimnikiga dalaga ketayotganlarini aytish uchun chiqdi?
A) Alishernikiga B) Kozimnikiga D) Qodirnikiga E) Botirnikiga
3. Bolalar nima yasashdi?
A) o‘yinchoq B) sovg‘a
D) qor odam E)
hech narsa
4. Kamoljonning akasi o‘sha yili qayerga ketdi?
A) armiyaga B) ish qidirishga D) dalaga E) istirohat bog‘iga
5. Qor odamning sovg‘asi nima edi?
A) gullar B) to‘kin-sochinlik
D) O‘tkirvoyning qaytishi
E) tol
daraxti
V. Darsga yakun yasash va o‘quvchilarni baholash.
Savol-javob o‘tkaziladi.
– Siz ham maktab bog‘iga daraxt ekkanmisiz?
– Daraxtlar qanday parvarish qilinadi?
Dars xulosalanib, faol qatnashgan o‘quvchilar baholanadi.
VI. Uyga vazifa berish. “Qor odamning sovg‘asi”
hikoyasini
o‘qish.
70-d a r s
Mavzu: “Kitobga ixlos” (
Mirkarim Osim). 1-qism.
Darsning maqsadi:
Ta’limiy: o‘quvchilarni “Kitobga ixlos” qissasi bilan tanishtirish,
ravon va ifodali o‘qishga, matn ustida ishlashga o‘rgatish.
FK 1: asarni
tushunib, ongli, ifodali o‘qiy olish.
Tarbiyaviy: o‘quvchilarda ajdodlarimiz bilan faxrlanish hissini va
vatanparvarlik ruhida tarbiyalash.
TK 5: hikoyada aks etgan ezgulikdan o‘rnak olishga intilish.
Rivojlantiruvchi:
o‘quvchilarning ijodiy
fikrlash qobiliyatlarini,
qayta hikoyalash asosida bog‘lanishli nutqini o‘stirish.
FK 2: matnni tushunib, mazmunini og‘zaki bayon etib bera olish.
Dars turi: yangi tushuncha va bilimlarni shakllantiruvchi.
Do'stlaringiz bilan baham: