Boymurodova X. Sattorova, Sh. Muslimova, F. Karimova


Download 1.26 Mb.
Pdf ko'rish
bet116/264
Sana29.10.2023
Hajmi1.26 Mb.
#1733103
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   264
III. Yangi mavzu bayoni.
Yangi mavzu e’lon qilinadi. “Kitobga ixlos”. (Mirkarim Osim). 2-qism.
O‘qituvchi “Kitobga ixlos” qissasini 2-qismini ifodali o‘qib beradi. 
Matnda uchragan notanish so‘zlar yuzasidan lug‘at ishi o‘tkaziladi.
Lug‘at ishi:
istilochi – o‘zgalarning yerini, mamlakatini qurol kuchi bilan bosib 
olgan
baxayr – yaxshilikka olib boradigan, oxiri yaxshilik bilan tugaydigan
quvg‘in – o‘z joyi, vatanidan haydash, quvish
quzg‘un–qarg‘asimonlar oilasiga mansub, o‘limtikxo‘r o‘troq qush


107
Qissa mazmuni tahlil qilinadi.
– Ibn Sino onasiga qanday xushxabar keltirdi?
– Uzoqdan nima eshitilib turardi?
– Ibn Sino nima uchun Buxoroni tashlab ketishga majbur bo‘ldi?
– Sitorabonu xayrlashuv chog‘ida o‘g‘liga nimalarni tayinladi?
– Husaynning: “Bu yerda qolsam, bir kun meni chaqirib oyog‘imga 
bolta uradilar” degan gapini siz qanday tushunasiz?
IV. Yangi mavzuni mustahkamlash.
Darslik bilan ishlash. O‘quvchilar matnni bitta gapdan navbat bilan 
“Zanjir” usulida o‘qiydilar.
“Topib o‘qi” mashqi.
– Ibn Sino onasidan suyunchi so‘ragan satrlarni topib o‘qing.
– Ibn Sino onasini tashlab ketishga ko‘zi qiymaganligi haqidagi 
gapni topib o‘qing.
– Sitorabonuning tashqi ko‘rinishi tasvirlangan misralarni topib 
o‘qing.
– Xorazmlik Abu Bakr boboning gaplarini topib o‘qing.
“Sonlar tilsimi” mashqi.
Misollarni yechib, harflarni o‘z o‘rniga qo‘ysangiz qissada 
Ibn Sinoning onasiga aytgan gaplaridan birini topasiz. 
(“Menga oq fotiha bering, safar otini egarlab yo‘lga chiqay”.) 
Mashq natijalari tahlil qilinadi va xulosa yasaladi.
Bolajonlar, hammamizga ma’lumki kitob-ilm ziyosi. Shuning
uchun biz kitoblarni sevib o‘qishimiz, ularni ardoqlashimiz lozim. 
Hozir kitobga oid bilimlaringizni sinab ko‘ramiz.

Download 1.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   264




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling