Lug‘at ishi:
takya – do‘ppi
suluv – go‘zal, chiroyli
yanglig‘ – kabi
IV. Yangi mavzuni mustahkamlash.
Darslik bilan ishlash. Yangi mavzuni mustahkamlash maqsadida
“Alisherning yoshligi” qissasining 2-qismi o‘quvchilarga navbat bilan
o‘qitiladi.
O‘quvchilar darslikdagi savollarni o‘qib, ularga javob berishadi:
Alisher o‘rtoqlari bilan nima haqda suhbatlashdi?
–
O‘zingiz qissa bo‘limlariga mos sarlavha qo‘ying.
–
O‘quvchilarning javoblari to‘ldirilib, umumlashtiriladi.
“Ajdodlar merosi” mashqi. O‘quvchilar Alisher Navoiy bobo miz
yozgan asarlarni ketma-ket aytadilar. Eng ko‘p ma’lumot aytgan o‘quv-
chi g‘olib bo‘ladi.
Test topshiriqlari:
1. Alisher o‘zi tengi ikki qo‘shni bola bilan nima o‘ynardi?
A) koptok B) soqqa D) o‘yinchoq E) quvlamachoq
2. Qaysi hayvon daraxtlar orasidan otilib chiqib Alisherga surkaldi?
A) kiyik B) quyon D) bo‘rsiq E) kuchuk
3. Alisherning tog‘asi kiyikni qayerdan olib kelibdi?
A) bog‘dan B) tog‘lardan D) yaylovdan E) dashtdan
4. Eng zo‘r zaruriyat nima ekan?
A) merganlik B) kuch D) maktab E) ov qilmoq
5. Alisherga kim doimo “Olim odam xor bo‘lmaydi” der ekan?
A) onasi
B) tog‘asi
D) do‘stlari
E) otasi
V. Darsga yakun yasash va o‘quvchilarni baholash.
Darsda o‘rganilgan bilimlar umumlashtirilib, dars yakunlanadi.
Dars xulosalanib, faol qatnashgan o‘quvchilar baholanadi.
VI. Uyga vazifa. “Alisherning yoshligi” qissasining 2-qismini
o‘qish.
75-d a r s
Mavzu: “Shum bola” (G‘afur G‘ulom).
Darsning maqsadi:
Ta’limiy: o‘quvchilarga ezgulik, hushyorlik haqida ma’lumot
berish, “Shum bola” qissasi bilan tanishtirish. O‘quvchilarda to‘g‘ri va
ifodali o‘qish ko‘nikmalarini shakllantirish.
Do'stlaringiz bilan baham: |