Boymurodova X. Sattorova, Sh. Muslimova, F. Karimova
Download 1.26 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- II.Uy vazifasini so‘rash va o‘tilgan mavzuni mustahkamlash.
- III. Yangi mavzu bayoni.
TK 4: do‘stlariga, yaqinlari va atrofdagilarga mehribon bo‘la olish.
Rivojlantiruvchi: o‘quvchilarning og‘zaki va yozma nutqini, bog‘ lanishli nutq malakalarini hamda mustaqil fikrlash, hozirjavoblik ko‘nikmalarini rivojlantirish. 122 FK 2: o‘qilgan hikoyaga doir savol va topshiriqlarga javob bera olish. Dars turi: yangi tushuncha va bilimlarni shakllantiruvchi. Dars metodlari: savol-javob, “Nima uchun?” metodi, “Zehn mat- ni” mashqi. Dars jihozlari: tarqatma material, multimedia ilovalari. Darsning borishi: I. Tashkiliy qism. Salomlashish. O‘quvchilarni darsga tayyorlash. II.Uy vazifasini so‘rash va o‘tilgan mavzuni mustahkamlash. Uyga berilgan vazifa “Hozir, buvijon” matnini “Davom ettir” usu- lida hikoya qilib beradi. Savol-javob o‘tkaziladi. Dilbar maktabdan kelib qilgan ishini qanday baholaysiz? 1. Hikoyada Malika xola va Dilbar haqidagi voqealarni so‘zlab bering. 2. Nima uchun hikoya “Hozir, buvijon” deb nomlandi? 3. Siz ham uy yumushlariga yordam berasizmi? 4. III. Yangi mavzu bayoni. – Bugun sizlar bilan Hakim Nazirning “Qodir bilan Sobir” hikoyasi bilan tanishamiz. Hakim Nazir haqida qisqacha ma’lumot beriladi. O‘qituvchi hikoyani ifodali o‘qib beradi, matn mazmuni tushunti- riladi. Lug‘at ishi: chiranib – maqtanib Salor – daryo nomi orden – davlat mukofoti askar – harbiy xizmatchi komandir – harbiy lavozim yuvosh – muloyim, yumshoq IV. Yangi mavzuni mustahkamlash. Darslik bilan ishlash. “Zehn matni” mashqi. O‘quvchilar “Qodir bilan Sobir” hi- koya sini bir marotaba o‘qib chiqishlari uchun vaqt beriladi. Vaqt tugagach, partalar bo‘ylab guruhlar orasida “Zehn matni” mashqi o‘tkaziladi. Ushbu mashqqa ko‘ra guruh ishtirokchilari matn bilan tanishib bo‘lgach zehnini sinash uchun matn ichidagi ayrim so‘z va raqam- lar o‘zgartirib qo‘yiladi. O‘quvchilar esa ana shu xatolikni topib, matn tagida berilgan jadvalga joylaydilar. Namuna: Ba’zi o‘rtoqlari Qodirni “zo‘ravon” desa, ba’zilari “do‘mbirachi” deydi. Nega desangiz, unda har ikki “hunar”dan ham oz-moz bor. “Zo‘ravon”ligi shuki, u yurgan yo‘lida va o‘tirgan yerida yon-beridagilarni turtib-netib, tegajog‘lik qilaveradi. “Do‘mbirachi”ligi 123 shuki, agar sinfda biron bola xiyol yanglishsa, u lunjini pufak qilib olib, ikki barmog‘i bilan “taka-tum”ni chalib yuboradi. – Baliq nima bo‘pti! – dedi unga Sobir. – Biz dadam bilan g‘ozov- laganmiz. Patillab uchib ketayotgan g‘ozning qoq tumshug‘iga tushir- ganmiz. Download 1.26 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling