128
jild – biror narsa ustidan kiydiriladigan, qoplab qo‘yiladigan g‘ilof
Darslik bilan ishlash.
“Rolli o‘qish” usuli. O‘quvchilar hikoyani rollarga bo‘linib
o‘qiydilar. Olti nafar o‘quvchi muallif, Qosimjon, Muhabbat, Odil, To-
hir, direktor kabi rollarga bo‘linadilar va ularning so‘zlarini o‘qiydilar.
O‘qiyotganlarida har bir qahramonning xarakterini ochib bera olishlari
lozimligi tushuntiriladi.
IV. Yangi mavzuni mustahkamlash.
Yangi mavzuni mustahkamlash maqsadida quyidagi mashq bajariladi.
“Kim tez topadi?” mashqi. Berilgan so‘zlar
orasidan hiko ya-
ga oidlarini tanlab, gaplar hosil qilish va chizmada ko‘rsatish
lozim bo‘ladi.
Ertasiga, mushuk, shirin, devoriy, chumoli, gazeta, qiziq, chiqdi,
1.
o‘qidi.
(Ertasiga devoriy gazeta chiqdi.)
Qosimjon, menga, boshini, kulib, quyi, go‘shtni, solgancha, tez,
2.
jim, qoldi, turaverdi.
(Qosimjon boshini quyi solgancha jim turaverdi.)
Mashq natijasi e’lon qilinadi va xulosalanadi.
“Maqollar bilag‘oni” musobaqasi. Har
bir qatordan bittadan
o‘quvchi doska oldiga chiqib,
kamtarlik va manmanlik ha-
qida maqollar aytishi kerak. Eng ko‘p aytgan o‘quvchi g‘olib
bo‘ladi.
Maqollar:
Ish boshlaganda maqtanma,
Ish bitganda maqtan.
Kamtar bo‘lsang, obro‘ ortar,
Manman bo‘lsang, ensa qotar.
Kamtar
yetar murodga,
Manman qolar uyatga.
G‘olib o‘quvchi aniqlanadi va rag‘batlantiriladi.
V. Darsga yakun yasash va o‘quvchilarni baholash.
O‘quvchilarga quyidagi savollar beriladi:
Hikoyada sizni ko‘proq nima hayajonga soldi?
1.
Siz ham Qosimjonga o‘xshab, xatoyingizni tushunib,
kechirim
2.
so‘raganmisiz?
Bu hikoyadan qanday xulosa chiqardingiz?
3.
Dars xulosalanib, faol qatnashgan o‘quvchilar baholanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: