130
5. “Xatosini tushungan bola” hikoyasida kimning tug‘ilgan kuniga
borishdi?
A) Muhabbat B) Tohir D) Sinf rahbari E)
Nasiba
III. Yangi mavzu bayoni.
Bugun biz sizlar bilan “Nurxon bilan Burxon” sh'erini o‘rganamiz.
She’rning muallifi haqida qisqacha ma’lumot beriladi.
Ekranda lavha namoyish etilib, kadr ortida she’r matni ifodali o‘qib
beriladi.
She’r sizga yoqdimi? Nima uchun?
–
U sizda qanday his-tuyg‘ularni uyg‘otdi?
–
O‘quvchilar she’rni
ovoz chiqarmay, mustaqil o‘qiydilar.
She’rni o‘qiyotganingizda tushunarsiz so‘z va iboralarni belgi-
–
lab qo‘ying.
She’rda uchragan notanish so‘zlar yuzasidan lug‘at ishi o‘tkaziladi.
Lug‘at ishi:
munkidi –
qoqilib tushdi
gursillab – “gurs-gurs”
ovoz chiqarmoq
chirandi – biror maqsadda
bor kuchini ishga solib,
harakat qilmoq
She’r mazmuni tahlil qilinadi.
– Bu she’r nima haqida ekan?
– Shoir she’rda Nurxon va Burxonning xislatlarini ifodalash uchun
qanday so‘z va iboralarni qo‘llagan? Misollar keltiring.
– Darslikdagi rasmda kimlar va nimalar tasvirlangan? She’rdan shu
rasmga mos misralarni topib o‘qing.
IV. Yangi mavzuni mustahkamlash.
– Kim she’rni ifodali o‘qib bera oladi? Bunda muallifning kayfiyati
va o‘zingizning hissiyotlaringizni namoyon qilishga harakat qiling.
O‘quvchilar xohishiga ko‘ra she’rni o‘qiydilar.
Do'stlaringiz bilan baham: