Boymurodova X. Sattorova, Sh. Muslimova, F. Karimova


Download 1.26 Mb.
Pdf ko'rish
bet143/264
Sana29.10.2023
Hajmi1.26 Mb.
#1733103
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   264
Rivojlantiruvchi: o‘quvchilarning mustaqil va ijodiy qobiliyatlarini, 
lug‘at ustida ishlash malakalarini rivojlantirish.
FK 2hikoya mazmunini qisqa qilib aytib bera olish.
Dars turi: yangi tushuncha va bilimlarni shakllantiruvchi.
Dars metodlari:  savol-javob, tushuntirish, “Matn yarat” o‘yini.
Dars jihozlari:  tarqatma materiallar, multimedia ilovalari.
Darsning borishi:
I. Tashkiliy qism. 
Salomlashish. O‘quvchilarni darsga hozirlash.
II. Uy vazifasini so‘rash va o‘tilgan mavzuni mustahkamlash.
“Nurxon bilan Burxon” she’ri o‘qitiladi, 3-4 nafar o‘quvchilardan 
yoddan so‘raladi. O‘quvchilar o‘rtasida savol-javob o‘tkaziladi.
– Burxon nima uchun uyalib qoldi?
– Nurxonni qilgan ishi to‘g‘rimi?
O‘quvchilar berilgan savollarga javob berishadi.
III. Yangi mavzu bayoni.
Bolajonlar, siz dovyuraklik, uning biz uchun qanchalik kerakligi 
haqida nimalar bilasiz?
O‘quvchilarning javoblari tinglanib, yangi mavzu e’lon qilinadi.
– Bugun biz sizlar bilan “Qo‘rqoq” hikoyasining 1-qismi bilan tani-
shamiz.


132
O‘quvchilar bilan dovyuraklik, uning qanchalik hayotimizda o‘rin 
tutishi, qo‘rqoqlikning oqibatlari haqida suhbatlashiladi, ularning fikr-
lari tinglanib, to‘ldiriladi.
O‘qituvchi “Qo‘rqoq” hikoyasining 1-qismini ifodali o‘qib beradi.
Hikoya mazmuni haqida qisqacha ma’lumot beriladi.
Lug‘at ishi:
jiyirish – qiyshaytirish irg‘ib minish – sakrab, siltanib minish
IV. Yangi mavzuni mustahkamlash.
Darslik bilan ishlash. Yangi mavzuni mustahkamlash maqsadida 
“Qo‘rqoq” hikoyasining I qismi o‘quvchilarga navbati bilan o‘qitiladi.
O‘quvchilar darslikdagi savollarni o‘qib, ularga javob berishadi:
Bolalar nima uchun Bahromni “Qo‘rqoq” deb atashardi?
– 
Bahrom nega kechqurun yo‘lga otlandi?
– 
O‘quvchilarning javoblari to‘ldirilib, umumlashtiriladi.

Download 1.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   264




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling