140
94-d a r s
Mavzu: “Chumchuq bilan chumoli”. (
Aziz Abdurazzoq).
Darsning maqsadi:
Ta’limiy: o‘quvchilarga ertakni mazmunini tushuntirish,
ertakni
rollarga bo‘lib o‘qitishga o‘rgatish.
TK 5: ertakda bo‘layotgan voqea jarayonlariga munosabat bildira olish
FK 1: ertakdagi videotasvirlarni ko‘rib
tushuna olish
Tarbiyaviy: o‘quvchilarda mehnatsevarlik,
tirishqoqlik, kamtarin-
lik, irodalilik, fazilatlarini tarbiyalash.
TK 4: ertakda aks etgan umuminsoniy xususiyatlarni anglay olish.
Rivojlantiruvchi: o‘quvchilarda og‘zaki hikoya qila olish, ongli va
ifodali o‘qish ko‘nikmalarini rivojlantirish.
FK 2: o‘rganilgan mavzular doirasida bayon yozish.
Dars turi: yangi tushuncha va bilimlarni shakllantiruvchi.
Dars metodlari:
savol-javob,
“
Asar janri va muallifini aniqla”
mashqi, “Maqollar chashmasi” ta’limiy o‘yini.
Dars jihozlari: tarqatma materiallar, multimedia ilovalari.
Darsning borishi:
I. Tashkiliy qism. Salomlashish. O‘quvchilarni darsga tayyorlash.
II. Uy vazifasini so‘rash va o‘tilgan mavzuni mustahkamlash.
Uyga berilgan vazifa “Saxiy” ertagini so‘rab baholash.
O‘tgan mavzu, savol-javob, maqollar orqali mustahkamlash.
1. Hotamtoy mo‘ysafid bilan nima haqida suhbatlashdi?
2. Hotamtoyni mehmon qilgan mo‘ysafidni nima uchun saxiy deb
atash mumkin?
3. Siz do‘stlaringizga saxiylik qila olasizmi?
4. “Saxiy topsa bo‘lib yer, baxil topsa bosib yer” maqolining
ma’nosi nima?
Do'stlaringiz bilan baham: