141
Matn asosida o‘quvchilar bilan suhbat o‘tkaziladi. Suhbat uchun savollar:
– Chumchuq qanday qush?
– Chumchuq nimalarga zarar yetkazadi?
– Chumoli hasharotmi yoki jonivormi?
IV. Yangi mavzuni mustahkamlash.
Darslik bilan ishlash. “Chumchuq bilan chumoli” ertagini o‘quv-
chilar qismlarga bo‘lib o‘qiydilar va hikoya qilib beradilar.
“Asar janri va muallifini aniqla” mashqi. O‘quvchilar be-
rilgan turli asar nomlarini, janr va mualliflar to‘g‘ri joylashti-
rishlari lozim bo‘ladi. Darslikdagi savollar ustida ishlanadi. Er-
takdagi qahramonlar tahlil qilinadi.
“Maqollar chashmasi” o‘yini. Mehnatsevarlik,
kamtarlik ha-
qida maqollar aytishadi. Masalan: “Kamtarga kamol, manman-
ga zavol”.
V. Darsga yakun yasash va o‘quvchilarni baholash.
Darsda o‘rganilganlar yuzasidan savol-javob o‘tkaziladi.
1. Chumchuqning iltimosiga chumoli qanday javob berdi?
2. Sizga chumoli hayotda qanday bo‘lishingizni o‘rgatdi?
Dars xulosalanib, faol qatnashgan o‘quvchilar baholanadi.
VI. Uyga vazifa berish. “Chumchuq bilan chumoli”
ertagini
o‘qish.
95-d a r s
Mavzu: “Yolg‘onchining izza bo‘lishi”.
Darsning maqsadi:
Ta’limiy: o‘quvchilarni rivoyat mazmuni bilan tanishtirish, asar
qahramonlarining xatti-harakatini baholash
hamda ularga shaxsiy mu-
nosabat bildirishni, bahs-munozara qilishni o‘rgatish.
Do'stlaringiz bilan baham: