142
Dars jihozlari: rivoyat
mazmuniga oid rasmlar, multimedia ilovalari.
Darsning borishi:
I. Tashkiliy qism. Salomlashish. O‘quvchilarni darsga hozirlash.
II. Uy vazifasini so‘rash va o‘tilgan mavzuni mustahkamlash.
O‘quvchilar “Chumchuq bilan chumoli” ertagini ifodali o‘qib bera-
dilar.
“Asar janri va muallifini aniqla” mashqi. O‘quvchilar tartib-
siz berilgan turli asar nomlari, janrlari va mualliflari yozilgan
kartochkalarni to‘g‘ri joylashtirishlari lozim bo‘ladi.
Javob:
“Chumchuq bilan chumoli”. Ertak. Aziz Abdurazzoq.
“Sharq hikoyasi”. Ertak. Abdulla Oripov.
“Yaxshi bo‘ldi”. Hikoya. Nosir Fozilov.
“Qo‘rqoq”. Hikoya. Sunnatulla Anorboyev.
“Saxiy”. Rivoyat. Muhammad Avfiy.
“Nurxon bilan Burxon”. She’r. Miraziz A’zam.
Mashq
natijalari tekshiriladi, xulosa qilinadi.
III. Yangi mavzu bayoni.
Bugun biz “Yolg‘onchining izza bo‘lishi” rivoyati bilan tanishamiz.
“Yolg‘onchining izza bo‘lishi” rivoyati lavhasi ko‘rsa tiladi,
matni kadr ortidan o‘qib beriladi.
Ertakda uchragan notanish so‘zlar yuzasidan lug‘at ishi o‘tka-
ziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: