Boymurodova X. Sattorova, Sh. Muslimova, F. Karimova


FK 1: rivoyatni tushunib, ongli ifodali o‘qiy olish. Tarbiyaviy


Download 1.26 Mb.
Pdf ko'rish
bet157/264
Sana29.10.2023
Hajmi1.26 Mb.
#1733103
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   264
FK 1: rivoyatni tushunib, ongli ifodali o‘qiy olish.
Tarbiyaviy: o‘quvchilarni qushlarni sevishga, ularni asrab-avaylash-
ga o‘rgatish.
TK 4: she’rdagi go‘zallik va ezgulikdan o‘rnak olishga intilish.
Rivojlantiruvchi: o‘quvchilarning bog‘lanishli nutqini o‘stirish, lug‘at 
ustida ishlash, erkin va mustaqil fikrlash malakalarini rivojlantirish.
FK 2: o‘qilgan she’r mazmuniga doir savol va topshiriqlarga javob 
bera olish.
Dars turi: yangi tushuncha va bilimlarni shakllantiruvchi.
Dars metodlari: savol-javob, “Javobini matndan top”, “Xotira 
o‘yini”, “Kim ko‘p qushlar nomini biladi?” o‘yinlari.
Dars jihozlari: rasmlar, tarqatma materiallar, multimedia ilovalari.
Darsning borishi:
Tashkiliy qism. 
I. 
Salomlashish. O‘quvchilarni darsga hozirlash. 
II. Uy vazifasini so‘rash va o‘tilgan mavzuni mustahkamlash.
Uyga berilgan vazifa – “Yolg‘onchining izza bo‘lishi” rivoyatini 
qayta hikoya qilib beradilar.
“Javobini matndan top” o‘yini. 
1. Bir kishi kimning huzuriga kelib arz qilibdi? (Bir kishi Mirzo 
Ulug‘bekning huzuriga kelib arz qilibdi.)


145
2. U safarga chiqqanida hamyon-xaltasida qancha puli bor edi? 
(Uning hamyon-xaltasida ming tanga puli bor edi.)
3. U hamyonini kimga beribdi? (U hamyonini do‘stiga berib, uyiga 
eltib berishni iltimos qilibdi.)
4. Bir kishi do‘stidan omonatini so‘rasa nima deb javob berib-
di?
(– Jinni bo‘ldingmi? Men seni ham, hech qanaqa daraxt-paraxtni 
ko‘rgan emasman, – deb javob beribdi.)
5.Shoh uning sherigiga nimani aytib aybiga iqror qildi?
(Shoh uning sherigiga hikoyatni aytib aybiga iqror qildi.)
“Xotirao‘yini. Mavzuga doir 20 ta so‘z o‘qib beriladi. O‘quv-
chilar ularni eshitib bo‘lgach, eslab qolganlarini aytadilar. Eng ko‘p 
so‘z aytgan o‘quvchi g‘olib bo‘ladi.

Download 1.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   264




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling