Boymurodova X. Sattorova, Sh. Muslimova, F. Karimova


– Tabiat hodisalariga nimalar kiradi? “Soatdagi jumboq”


Download 1.26 Mb.
Pdf ko'rish
bet160/264
Sana29.10.2023
Hajmi1.26 Mb.
#1733103
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   264
– Tabiat hodisalariga nimalar kiradi?
“Soatdagi jumboq” o‘yini. O‘quvchilar soat raqamlarini tar-
tib bilan terib, harflarni jamlaydilar va yashiringan so‘zni 
o‘qiydilar. Javob: momaqaldiroq.
IV. Yangi mavzuni mustahkamlash. 
Darslik bilan ishlash. “Yomg‘ir” hikoyasini o‘quvchilar gu-
ruhlarga bo‘linib, “Shivirlab o‘qish” usulida o‘qiydilar va 
hikoya qilib beradilar.
Savol-javob o‘tkaziladi.
– Bahor faslida tabiatda qanday hodisalar sodir bo‘ladi?
– Erkinjon tog‘ri ish qildimi?
– Shifokorni nega sehrgar deb o‘yladi?
– Ko‘nglidagi quvonch nega g‘ashlikka va xomushlikka aylandi?
Test topshiriqlari:
1. “Yomg‘ir” matnining qahramoni kim?
A) To‘lqinjon B) Erkinjon D) Umidjon E) Sobirjon 
2. Erkinjon nega maktabga bormadi? 
A) dars qilmagani uchun B) yomg‘ir yog‘gani uchun
D) dangasaligi uchun E) mehmon kelganligi uchun 
3. Erkinjon nima deb bahona qildi? 
A) boshim og‘riyapti B) qornim og‘riyapti
D) ko‘zim og‘riyapti E) oyog‘im og‘riyapti 
4. Erkinjon kimni ko‘rib nafasi ichiga tushib ketdi? 
A) onasini B) o‘rtoqlarini D) shifokorni E) o‘qituvchisini 
5. Shifokor Erkinjonda qanday kasallik alomati paydo bo‘l-
ganligini aytdi? 
A) tumov B) bosh og‘rig‘i D) ko‘z og‘rig‘i
E) mug‘ambirlik va yalqovlik 
V. Darsga yakun yasash va o‘quvchilarni baholash.
Darsda o‘rganilganlar yuzasidan savol-javob o‘tkaziladi. 
1. Bugungi darsimizda nimalarni bilib oldingiz?
2. Erinchoqlik, dangasalik, yalqovlik illatlari qanday oqibatlarga 
olib kelishini bilib oldingizmi?
Dars xulosalanib, faol qatnashgan o‘quvchilar baholanadi.
VI. Uyga vazifa berish. “Yomg‘ir” hikoyasini o‘qish.


148

Download 1.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   264




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling