Boymurodova X. Sattorova, Sh. Muslimova, F. Karimova


Download 1.26 Mb.
Pdf ko'rish
bet190/264
Sana29.10.2023
Hajmi1.26 Mb.
#1733103
1   ...   186   187   188   189   190   191   192   193   ...   264
Dars jihozlari: tarqatma materiallar, multimedia ilova lari.
Darsning borishi:
I. Tashkiliy qism. Salomlashish. O‘quvchilarni darsga hozirlash. 
II. Uy vazifasini so‘rash va o‘tilgan mavzuni mustahkamlash.
Uyga topshiriq qilib berilgan “Jala darakchisi” she’ri yoddan 
so‘raladi. 
“Raketa uchdi” o‘yini. Raketalar shakliga savollar yozib, har ikki 
guruhga beriladi. Guruhdagi o‘quvchilar birin-ketin savollarga javob 
beradilar. Raketaga quyidagi savollar yoziladi:
1. Biz nimani “Jala darakchisi” deb ataymiz?
2. Shoir momaqaldiroqni nimaga o‘xshatadi?
3. Jalaning foydali tomonlarini ayting.
4. Jala darakchisi o‘zi nima?
5. Chog‘i so‘zining ma’nodoshini toping.
III. Yangi mavzu bayoni. 
– Bugun biz sizlar bilan “Erka cholning o‘rigi” hikoyati bilan tani-
shamiz.
Muallif Xudoyberdi To‘xtaboyev haqida o‘qituvchi tomoni-
dan qisqacha ma’lumot beriladi. “Erka cholning o‘rigi” hikoyasi-
ni o‘qituvchi ifodali o‘qib beradi. Hikoya mazmuni tushuntiriladi. 
O‘quvchilardan biri hikoyani ifodali o‘qiydi. Qolgan o‘quvchilar ku-
zatib boradilar.
Lug‘at ishi:
qoraqandak – o‘rikning navi 
shu yo‘sin shu zaylda
serzarda – jahldor
qumg‘on chovgumning kattasi
Bahribayt” o‘yini. O‘quvchilar yodlagan she’rlari asosida bahri-
bayt o‘yinini o‘ynaydilar. She’rning oxirigi harfi bilan boshlanuvchi 
she’r davom ettirib aytilishi kerak bo‘ladi.
IV. Yangi mavzuni mustahkamlash. 
Darslik bilan ishlash. O‘quvchilar “Erka cholning o‘rigi” hikoya-
sini “Ichda o‘qish” usulida o‘qiydilar va hikoya qilib beradilar.
Darslikdagi savol-javob va topishiriqlar ustida ishlanadi.
“Daraxt gullarini top” mashqi.
O‘quvchilar rasmlari berilgan gullar qaysi daraxtga tegishli 
ekanligini aniqlaydilar.

Download 1.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   186   187   188   189   190   191   192   193   ...   264




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling