180
“Bayram urf-odatlari” matni o‘qittiriladi, 3-4 nafar o‘quvchi matn
mazmunini so‘zlab beradi. Avvalgi mavzu yuzasidan savol-javob
o‘tkaziladi.
– Navro‘z so‘zining ma’nosi nima?
– Navro‘z haqida she’r va qo‘shiq bilasizmi?
III. Yangi mavzu bayoni.
– Bugun biz “Yaxshidan bog‘ qoladi” rivoyati bilan tani shamiz.
– Alisher Navoiy va Husayn Boyqaro
bobolarimiz haqida nimalar
bilasiz?
– Rivoyatlarda nima oldinga suriladi?
O‘quvchilar javoblari to‘ldirilib, mavzu tushuntiriladi.
O‘qituvchi “Yaxshidan bog‘ qoladi” rivoyatini ifodali o‘qib beradi.
Notanish so‘zlar yuzasidan lug‘at ishi o‘tkaziladi.
Lug‘at ishi:
mashoyix – donishmand qariya
naql – maqol
IV. Yangi mavzuni mustahkamlash.
Darslik bilan ishlash: “Yaxshidan bog‘ qoladi” rivoyati o‘quv-
chilarga navbati bilan o‘qitiladi. O‘quvchilar
darslikdagi savollarni
o‘qib, ularga javob berishadi:
Mir Alisher va Sulton Husayn o‘rtasidagi suhbatni rollarga bo‘lib,
–
rivoyatni ifodali o‘qing.
Mir Alisherning ko‘chatlarni nima niyatda ekayotganini aniqlang.
–
O‘quvchilarning javoblari to‘ldirilib, umumlashtiriladi,
tarbiyaviy
xulosa chiqariladi.
“Bog‘ yarat”o‘yini. Ekranda bo‘sh maydon ko‘rsatiladi. Ket-
ma-ket savollar beriladi. Mos tugma bosilsa ko‘chat hosil
bo‘ladi va keyingi savolga o‘tish imkoni beriladi.
Sulton
Husayn borib qarasa, Mir Alisher nima qilayotgan ekan?
1.
Mir Alisher Sulton Husayn savoliga qanday naql keltirdi?
2.
Sulton Husayn Mir Alisherning saxovatiga qoyil qolib, unga nima
3.
berdi?
Do'stlaringiz bilan baham: