181
124-d a r s
Mavzu: “So‘zlovchi yomg‘ir” (
Abdurahmon Akbar).
Darsning maqsadi:
Ta’limiy: o‘quvchilarga she’r satrlarining mazmunan bog‘liqligini
mustaqil belgilay olish, so‘z ma’nolarini
farqlash, she’r mazmunini
chuqur
tahlil qilish, voqea-hodisalarga shaxsiy munosabat bildirishni
o‘rgatish.
FK 1: she’rni ongli va ifodali o‘qish.
Tarbiyaviy: o‘quvchilarda tabiat hodisalarini
diqqat bilan kuzatish,
onalarni hurmat qilish, ularning
maslahatiga doim amal qilish, gapini
ikki qilmaslik kabi xislatlarni tarbiyalash.
TK 3: tevarak-atrofga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lish.
Rivojlantiruvchi: o‘quvchilarning so‘zlarni
adabiy qoidalarga
muvofiq talaffuz etish, mustaqil o‘qish, savollarga to‘liq
javob berish
malakalarini rivojlantirish, lug‘at boyligini oshirish.
FK 2: savollarga to‘liq javob bera olish.
Dars turi: yangi tushuncha va bilimlarni shakllantiruvchi.
Dars metodlari: suhbat,
tushuntirish, “T-chizma” , “Pantomima”,
“Adashib qolgan satrlar”, “Gapni to‘ldiring” mashqlari.
Dars jihozlari: tabiat hodisalari tasvirlangan rasmlar, so‘z va gaplar
yozilgan kartochkalar, multimedia ilovalari.
Darsning borishi:
I. Tashkiliy qism. Salomlashish. O‘quvchilarni darsga hozirlash.
II. Uy vazifasini so‘rash va o‘tilgan mavzuni mustahkamlash.
O‘quvchilar uyga berilgan vazifa “Yaxshidan bog‘ qoladi” rivoyati
mazmunini so‘zlab beradilar.
Do'stlaringiz bilan baham: