Boymurodova X. Sattorova, Sh. Muslimova, F. Karimova
Download 1.26 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- III. Yangi mavzu bayoni.
- Lug‘at ishi: suruv
“Pantomima” o‘yini. O‘quvchilar guruhlarga bo‘li nadilar.
O‘quvchilarga “Yaxshidan bog‘ qoladi” rivoyati mazmunini ovoz chiqarmasdan pantomima ko‘rinishida ko‘rsatib bering, deb aytiladi. Guruhlar ishlarini rejalashtirib olishlari uchun 3–5 daqiqa vaqt beriladi. Ular ovoz chiqarmasdan o‘tgan mavzu pantomimasini ko‘rsatib beradilar. III. Yangi mavzu bayoni. Yangi mavzu e’lon qilinadi. “So‘zlovchi yomg‘ir” (Abdurahmon Akbar). O‘qituvchi o‘quvchilarga savollar bilan murojaat qiladi: – Siz qanday tabiat hodisalarini bilasiz? – Tabiat hodisalari haqida maqollar bilasizmi? O‘quvchilar tabiat hodisalari haqida bilgan maqollarini navbat bilan aytib, ma’nosini qisqacha tushuntirib o‘tadilar. Qarg‘a ketmay, qor ketmas, 182 Turna kelmay, muz ketmas. Qor yog‘di – don yog‘di, Yomg‘ir yog‘di – osh yog‘di. Qora bulutdan tiniq suv tomar. Yomg‘ir – ekinning joni. Tog‘ havosi – dard davosi. O‘qituvchi “So‘zlovchi yom g‘ir” she’rining muallifi Abdurahmon Akbar haqida qisqacha ma’lumot be- radi. She’r mazmuniga mos videolavha namoyish etila di. O‘qituvchi o‘quvchilarga she’rni ifodali o‘qib beradi. O‘quvchilarga quyidagi savollar bilan murojaat etiladi. – Bu she’r nima haqida ekan? – Uni eshitganingizda ko‘z oldingizga nimalar keldi? O‘quvchilar she’rni mustaqil o‘qiydilar. – She’rdagi tushunarsiz so‘z va iboralarni belgilang. She’rda uchragan notanish so‘zlar yuzasidan lug‘at ishi o‘tkaziladi. Lug‘at ishi: suruv – qo‘y-echki podasi zamin – yer, tuproq g‘ubor – gard, chang, to‘zon O‘quvchilar shu so‘zlar ishtirok etgan satrlarni she’rdan topib o‘qiydilar. She’rning mazmuni yuzasidan suhbat o‘tkaziladi: – She’r nimaning nomidan aytilgan? – Yomg‘irning qarindoshlari nimalar ekan? – Shoirning yozishicha, yomg‘ir asli qayerlik? Nima uchun? – Onasi yomg‘irga qanday maslahat berdi? – Siz ham onangizning maslahatlariga quloq tutasizmi? Onalarni hurmat qilish, ularning maslahatiga doim amal qilish, ga- pini ikki qilmaslik kabi xislatlar insonni doim to‘g‘ri yo‘lga boshlashi haqida tushuncha beriladi. Download 1.26 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling