Boymurodova X. Sattorova, Sh. Muslimova, F. Karimova


Download 1.26 Mb.
Pdf ko'rish
bet202/264
Sana29.10.2023
Hajmi1.26 Mb.
#1733103
1   ...   198   199   200   201   202   203   204   205   ...   264
127-d a r s
Mavzu: “Bahor” (Dilshod Rajab)
Darsning maqsadi:
Ta’limiy: o‘quvchilarni “Bahor” she’ri bilan tanishtirish. O‘quvchi-
larning ravon o‘qish ko‘nikmalarini rivojlantirish, og‘zaki va yozma 
nutqini o‘stirish, mustaqil fikrlashga o‘rgatish.
FK 1: she’rni ongli va ifodali o ‘qiy olish.
Tarbiyaviy: o‘quvchilarni tabiatni sevish, asrab-avaylashga o‘rgatish 
va tabiatga bo‘lgan mehrini uyg‘otish.


186
TK 3: tevarak atrofga oqilona munosabatda bo‘lish.
Rivojlantiruvchi: o‘quvchilarning bog‘lanishli nutqini o‘stirish, 
lug‘at ustida ishlash, erkin va mustaqil fikrlash malakalarini rivojlan-
tirish.
TK 2: mavjud axborot manbalaridan (kitob, kompyuter) foydalana 
olish.
Dars turi: yangi tushuncha va bilimlarni shakllantiruvchi.
Dars metodlari: savol-javob, “She’rni to‘ldir”, “Topqirlar” o‘yini.
Dars jihozi: tarqatma materiallar, multimediali ilovalar.
Darsning borishi:
Tashkiliy qism. 
I. 
Salomlashish. O‘quvchilarni darsga hozir-
lash. 
II. Uy vazifasini so‘rash va o‘tilgan mavzuni mustahkamlash.
Uyga topshiriq qilib berilgan “Danak ichidagi daraxt” hikoyasi 
“Davom ettir” usulida hikoya qildiriladi. Savol-javob o‘rkaziladi.
1. Ra’noning hovlisida qaysi daraxt asaldan ham totli ekan?
2. Ra’no o‘rik pishganda nima qilar ekan?
3. Ra’no oyisi bilan birgalashib turshak solayotganda turshak ora-
sidan nima yerga tushibdi? 
4. U nimani o‘ynabdi?
5. Ra’no danakning ichidagi daraxt bilan nima haqida gaplashdi?
6. Danak ichidagi daraxt qanday qilib ko‘karib chiqdi?
“Topqirlar” o‘yini.
● Yerga tushsa loy qilar,
Dehqonlarni boy qilar. 
(Yomg‘ir) 
Katta chelak teshildi,
Undan ko‘p suv to‘kildi. 
(Yomg‘ir) 
● Beqasamdan yo‘li bor,
Osmon-falakda chiqar. 
(Kamalak)
● Qishda oq gul,
Bahorda suv sochadi.
Yel esganda,
Tumtaraqay qochadi.
(Bulut)
Kelib ketar bir yilda,
To‘rt og‘ayni har xilda. 
(To‘rt fasl) 
● Bola kelar, bola kelar,
Ilk mehr ola kelar,
Silab-siylab daraxtlarga,
Guldan marjon taqa kelar. 
(Bahor)

Download 1.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   198   199   200   201   202   203   204   205   ...   264




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling