Boymurodova X. Sattorova, Sh. Muslimova, F. Karimova


Download 1.26 Mb.
Pdf ko'rish
bet203/264
Sana29.10.2023
Hajmi1.26 Mb.
#1733103
1   ...   199   200   201   202   203   204   205   206   ...   264
III. Yangi mavzu bayoni. 
– O‘quvchilar bugun biz Dilshod Rajabning “Bahor” she’ri bilan 
tanishamiz. (Matn muallifi haqida ma’lumot beriladi.)


187
O‘qituvchi she’rni ifodali o‘qib beradi, mazmunini tushuntiradi. 
O‘quvchilar ketma-ket she’rni o‘qiydi. Qolgan o‘quvchilar kuzatib bo-
radilar. She’r matni ustida ishlanadi, notanish so‘zlar yuzasidan lug‘at 
ishi o‘tkaziladi.
Lug‘at ishi: 
qahri – g‘azabi
malak – farishta
sheryurak – qo‘rqmas
IV. Yangi mavzuni mustahkamlash. 
Darslik bilan ishlash: “Ifodali o‘qish” musobaqasi. Musobaqa qa-
torlararo o‘tkaziladi. O‘quvchilarning hammasi she’rni o‘qiydi. Muso-
baqa so‘ngida har bir qatorda nechta o‘quvchi ifodali o‘qigani e’lon 
qilinadi va ko‘p ifodali o‘qigan qator g‘olib sanaladi. 
“Qofiyadosh so‘zni top” o‘yini.
So‘ndirib – to‘ldirib, olib – solib, uchar – quchar, falak – malak
“She’rni to‘ldir” mashqi. Ekranda she’r matni beriladi
o‘quvchilar she’rdagi tushirib qoldirilgan so‘zlarni o‘z joyiga 
qo‘yishlari kerak.
V. Darsga yakun yasash va o‘quvchilarni baholash.
Darsda o‘rganilganlar yuzasidan savol-javob o‘tkaziladi. 
1. She’rdan qanday xulosa chiqardingiz?
2. Bahorda tabiatda qanday o‘zgarishlar bo‘larkan?
Dars xulosalanib, faol qatnashgan o‘quvchilar baholanadi.
VI. Uyga vazifa berish. “Bahor” she’rini yod olish.
131-d a r s
Mavzu: “Tinchlik qushi haqida men o‘qigan she’r” (Shukur Sa’ dulla).
Darsning maqsadi:
Ta’limiy: o‘quvchilarga tinchlik, tinchlik qushi ya’ni kabutar haqida 
ma’lumot berish, “Tinchlik qushi haqida men o‘qigan she’r” she’ri bi-
lan tanishtirish. O‘quvchilarda to‘g‘ri va ifodali o‘qish ko‘nikmalarini 
shakllantirish.

Download 1.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   199   200   201   202   203   204   205   206   ...   264




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling