189
O‘qituvchi “Tinchlik qushi haqida men o‘qigan she’r” she’rini ifo-
dali o‘qib beradi. She’r mazmuni tushuntiriladi. Notanish so‘zlar yu-
zasidan lug‘at ishi o‘tkaziladi.
Lug‘at ishi:
ohista – sekin
yarqiraydi – yaltiraydi
charx uradi – aylanib
uchadi
IV. Yangi mavzuni mustahkamlash.
Darslik bilan ishlash. Yangi mavzuni
mustahkamlash maqsadida
“Tinchlik qushi haqida men o‘qigan she’r” she’ri o‘quvchilarga navbati
bilan o‘qitiladi.
O‘quvchilar darslikdagi savollarni o‘qib, ularga javob berishadi:
Shoir she’rda tinchlik ramzi bo‘lgan oq kaptarni nimaga o‘xsha tadi?
–
“Qotil”, “battol”, “jallod”, “odamxo‘r” so‘zlarining ma’nosini
–
izoh lang.
“Kabutarlar” o‘yini. Ekranda ketma-ket savollar ko‘rsa tiladi.
To‘g‘ri javob ko‘rsatilgan tugma bosilsa, kabutar uchib chiqadi.
V. Darsga yakun yasash va o‘quvchilarni baholash.
Darsda o‘rganilganlar yuzasidan umumlashtiruvchi
savol-javob
o‘tkazilib, dars yakunlanadi. O‘quvchilar darsdagi
ishtiroki va faolli-
giga ko‘ra baholanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: