91
4. It yoz kelganda nima qildi?
A) uy qurdi
B) o‘yinchoq
yasadi
D) mushuknikiga mehmonga bordi
E) bir
ish qilmay, sanqib yurdi
5. It nima uchun uy qurmadi?
A) aqlli bo‘lgani
uchun
B) dangasaligi uchun
D) charchagani uchun
E) g‘isht bo‘lmagani uchun
V. Darsga yakun yasash va o‘quvchilarni baholash.
Darsda o‘rganilganlar yuzasidan savol-javob o‘tkaziladi.
– Siz ota-onangizga uy yumushlarida yordam berasizmi?
– Qanday ishlarni qiynalmasdan bajara olasiz?
Dars
xulosalanib, faol qatnashgan o‘quvchilar baholanadi.
VI. Uyga vazifa berish. “Laqma it” ertagining 2-qismini o‘qish.
61-d a r s
Mavzu: “Maqollar.”
Darsning maqsadi:
Ta’limiy: o‘quvchilarga maqollar haqida ma’lumot berish, maqol-
larning ma’nosini tushuntirish, ongli va ifodali o‘qish, yod olish, so‘zlab
berish ko‘nikmalarini takomillashtirish.
FK 1: maqollarning mazmunini tushuna olish.
Tarbiyaviy: o‘quvchilarda turmush tajribalaridan kelib chiqqan hol-
da vatanga bo‘lgan muhabbat, ilmni, do‘stlikni qadrlash, mehnatsevar-
lik sifatlarini tarbiyalash.
TK 3: maqollar orqali yaxshilik va yomonlikni bir-biridan farqlay olish.
Rivojlantiruvchi: o‘quvchilar bilimini kengaytirish, og‘zaki nutqini
rivojlantirish.
Do'stlaringiz bilan baham: