Boyovut tumanidagi 28-Umumta’lim maktabi
Download 77.5 Kb.
|
informatika tadbiri ssenariysi
Boyovut tumanidagi28-Umumta’lim maktabiInformatika o‘qituvchisiAbdalimov KamolningMatematika va informatika fan oyligidoirasida o‘tkazilgan“Informatika +” tadbiri ssenariysiTadbirni o’tkazishdan maqsad: O’quvchilarning fanga bo’lgan qiziqishlarini kuchaytirish O’quvchilarning fikrlash qobiliyatini rivojlantirish. O’quvchilarning ilmiy dunyoqarashini, buyuk vatandosh allomalarga hurmat tuyg`usini shakllantirish, milliy g`urur ruhini tarbiyalash.. O’quvchilardagi mas’uliyat, burch, vatanparvarlik, do’stlik hislarini tarbiyalash, fanlararo integratsiya o‘rnatish. Foydalaniladigan vositalar: Tarqatmamateriallar Kompyuter, interaktiv doska Ishtirokchilar: Har biri 6 o`quvchidan iborat 2 ta jamoa, hay’ata’zolari, muhlislar. Tadbirning borishi: She’rlar shartlar orasida o`qiladi Dil mehrigiyosi –salomim mening, Yuragim kimyosi – salomim mening. Haq yoki nohaqdan ko'ngli singanning Yaman mo'miyosi – salomim mening. Assalom, ey, davramizning eng aziz mehmonlari! Assalom, ey, ilmi –fanning sohibu davronlari! Assalom, ey, aziz do’stlar , ham fikrdosh o’rtoqlar, Bellashuvga xush kelibsiz, barcha tengdosh o’rtoqlar Go'zal O'zbekizton, sensanVatanim, Seni ololmaydi hech qanday g'anim. Yurtboshing, elboshing senga rahnamo, Jasur o'g'lonlaring kuchli mardona. Erkin yuraklarga iymon Vatandir, Toza ko'ngiilarga darmon Vatandir. Halollik qasriga posbon Vatandir Ozod, hur Turkiston, Turon – Vatandir Asrlar ortidan kelar asrlar Unit bo’lar o’tmish, zamon, ko’p sirlar Ammo yaratilgan fan asoslarin Asrdan asrga eltar nasllar Quntbilano’rganibbubuyukfanni Shon-shuhratgao’rangonavananni Donolardonosibo’lgay agar kim, Fangabag’ishlasa, jonbirlatanni. Assalomu-alaykum hurmatli kasbdoshlar, azizo`quvchilar! Matematika va informatika fan oyligi doirasida Informaika fanidan o`quvchilarining 7-A sinf “Kompyuter” va 7-B sinf “ Algoritm” ikki guruhi o’rtasida o’tkazilayotgan tadbirga xush kelibsiz.Tadbirimizni shartli ravishda “Informatika+” deb nomladik.Sababi, fevral oyi nafaqat matematika va informatika fan oyligi, balki ikki buyuk shaxs Navoiyxonlik va Boburxonlik oyliklari ham hisoblanadi.
Turli - tuman savol bilan o’ylatamiz barchani! Informatika fani yuksalmoqda kun sayin Fan bilan birga qadam tashlamoq kerak tayin. Qancha-qancha muammo hal etilgan ushbu on Kompyuter savodxonlik quloch yoymoqda chunon. Oddiy yerning yuzidan, to kosmik fazogacha Kundalik turmush, hayot, quyosh, suv, havogacha Kompyutersiz bugun yashab bo’lmas hech qachon Qudratli bu fan uchun bosh atama algoritmsan. Butun yer yuzi hali bo’lganida g’aflatda Fanlarning tamal toshin qo’ya olgan tafakkur, Biz ularga munosib voris bo’lib albatta, Alloma Xorazmiyga deymiz dildan tashakkur. Aziz tadbirimiz qatnashchilari, endi jamoalar javoblarini baholash uchun tashrif buyurgan hurmatli hakamlar hay’ati bilan tanishib chiqamiz Shunday qilib, tadbirimizni boshlaymiz. Dastlab, tadbirimiz qonun-qoidalarini eslatib o’tmoqchiman: Tanishuv. Klaster metodi Tezkor savollar. Masalalar yechish Boshqotirma topshiriqlarni bajarish. Wordda mashq bajarish 1-shart.Birinchishartdajamoalaro`zguruhlarini, guruhnomi, emblemasitanishtiradi.Tayyorlabkelgangazetayokibukletinitaqdimotqiladi. 2-shart.Klaster metodi . 3-shart.Tezkor savollar. Tezkorsavollar
4-shart.Masalalar yechish 10001112+11110102 10110012-1011112 10102*10012 1548+2768
Kitob 50 sahifadan iborat. Har bir sahifada 40 tadan satr, har bir satrda 45 tadan belgi mavjud. Kitob necha bit, necha bayt, necha kilobayt? 5-shart. Boshqotirma metodidan foydalanib, berilgan boshqotirmani to’g’ri javoblarini topish. Boshqotirma
Topshiriqlar Kompyuter xotirasidagi ma’lumotlarni buzuvchi maxsus dastur Operatsion sistema Dasturiy(yumshoq) qism MS Office dasturi Jarayonlarning ongimizdagi aksi Kompyuter qurilmasi Grafik muharrir Nazoratchi dastur Ma’lum bir qoida asosidagi amallar ketma-ketligi Internet ma’lumotlarini uzatish qoidalari Qidiruv tizimi 6-shart.2ta jamoa MS Wordda (MS PowerPointda)2-3 varaqdan iborat Matn(taqdimot) tayyorlash Shartlari: A.Navoiy va Z. M. Bobur to`g`risida matn yaratish Matn(shirift turi, rangi, o`lchami), rasm, hoshiya. Bu shart bajarilguncha guruh a`zolari o`rtasida konkursdan tashqari Alisher Navoiy va Bobur ruboiy va g`azallaridan namunalar aytiladi Eng hayajonli daqiqalarga yetib keldik. Hozir eng zukko o’quvchilardan iborat jamoani aniqlash uchun so’zni hurmatli hakamlarga bersak. Marhamat! G’olib jamoani qutlab, sovg’alar beriladi. Shuning bilan informatika fanidan o’tkazilgan tadbirimiz nihoyasiga yetdi . E’tiboringiz uchun rahmat. Xayr, omon bo’linglar. Download 77.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling