Bo‘z tuproqlar mintaqasi


Download 1.04 Mb.
bet2/50
Sana05.01.2022
Hajmi1.04 Mb.
#211795
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   50
Bog'liq
Мел-да илм изла усл к- лотинча

Dala tajribasi uchun yer tanlash va uni tayyorlash. Tajriba uchun o„tmishi (3-4 yilgi dala tarixi) ma’lum bo’lgan paykal ajratilishi lozim.

Shu narsa aniq bo„lishi kerakki, ajratilayotgan yerda so„ngi yillar davomida (3 yildan kam bo„lmagan davrda) bir xil meliorativ ishlar amalga oshirilgan, bir xil ekin etishtirilgan, tuprog„iga bir turdagi ishlov va o’g’itlar barilgan bo„lsin.

Ilgari turli xo’jalik maqsadlarida foydalanilgan dala ma’lum tayyorgarliksiz tajriba uchun olinishi mumkin emas (masalan, bir qismiga o’g’itlar ko’p solingan, unda tubdan yer tekislash ishlari o„tkazilgan, yo„l o’tgan yoki imoratlar, tomorqalar, mollar uchun ko’ra va b.k. bo’lgan dala).

Shu nday qilib, tajribaga ajratilgan yerning barcha qismida tuproq unumdorligi qariyib bir xil, relfi tekis yoki qiyalik darajasi teng bo„lishi kerak. U, Shu ningdek, maydoni hajmiga ko„ra, G’o’za-beda, g‘o‘za-g‘alla ekinlarini parvarishlash, paxta va g’alla hosilini yig‘ishtirib olishda mexanizatsiya vositalaridan foydalanish imkonini byerishi lozim.

Iloji boricha tajribaning barcha variantlarini tuprog’i bir xil yoki bir-biriga yaqin maydonlarda joylashtirishga yerishish zarur.

Tajriba xo„jaliklarida uncha katta bo„lmagan maydonlar uchrab turadi. Ularni asta-sekin yiriklashtirish kerak. Tuproq unumdorligi faqat ayrim qismlardagina (masalan, uvatlar tekislanganda, eski ariqlar ko„milganda va b.q.) birmuncha o„zgargan maydonda tajriba o’tkazish uchun, tekislangan uvatlar, ko„milgan ariqlar o’rni tajribaning himoya yo„lagiga ajratilgani ma’qul. Himoya yo„lagiga bunday yerlar bir necha yil davomida ajratilishi kerak.

Yer tubdan tekislanganda tuproq yuza qatlami unumdorligi keskin o„zgaradi. Bunday holda yiriklashtirilayotgan maydonni tajriba qo’yish uchun maxsus tayyorlash talab etiladi. Buning uchun maydonga muvozanatlashtiruvchi ekinlar (beda, qoplovchi ziroatlar) ekish bilan birga, o’g’itlar tabaqalashtirilgan me’yorlarlarda solinadi yoki tekislangan yer usti tuproqning ustki, unumdor qismi bilan qayta yopiladi.

Sug’orishda tuproq bir tekis namlanishini ta’minlash maqsadida tajriba dalasining yuzasi yaxshilab tekislanishi kerak. Bunday tekislash uchun maxsus nivelirlash asos bo’ladi.

Tajribadan bo„shagan paykalni yana tajriba o’tkazish uchun bir yil o„tmasdan ajratib bo„lmaydi, ayrim hollarda, ayniqsa, o„g„itlarning turli me’yorlari bo’yicha o„tkazilgan tajribalardan so’ng bundan ham kechroq ajratish kerak. Ushbu muddat davomida maydonga birorta ekin ekilib, bir xil ishlov va bir me’yorda o„g„it berilgan i ma’qul.

Bunday ekinlar muvozanatlashtiruvchi ekinlar bo’lib, zarur hollarda ularni tegishli yerlarda ekib, o„stirish ikki-uch yil va bundan ham ko„prok davom ettiriladi.



Bo‘laklarning o‘lchami va variantlar takroriyligi. Variantlar uchun ajratilgan yer bo„laklari o„lchami va takroriyligi dala tajribasi aniq va to„g„riligini belgilovchi muhim omillardir. Tajribalarni katta o„lchamli maydonlarda o’tkazish yuzasidan tavsiya berish uchun nazariy asos mavjud emas (B.A.Dospexov, 1979 y.).

Ma’lum chegaradan keyin bo„laklar maydonini ko„paytirish tajribaning aniqlik darajasi pasayishiga olib kelishi aniqlangan. Buning sababi Shu ndaki, har bir variant maydoni kengaytirilishi bilan tajriba o„tkazilayotgan umumiy maydon ham ortib boradi. Maydon kengaytirilishi hisobiga umumiy maydon unumdorligi bir xil bo’lgan tuproq maydonchasi chegarasidan chiqib ketish mumkin. Bu holda bo„lakning katta o„lchami butun tajribani unumdorligi bir xil maydon chegarasida joylashtirish zarurati bilan cheklanadi. Demak, variant kattaligini belgilashda tajriba dalasi tuprog’ining xilma-xillik darajasi etiborga olinishi zarur. Shu bilan birga bo„laklar o„lchamini belgilashda tajribaning yo„nalishi va vazifalari, agrotexnikasi, qo’llaniladigan mexanizmlar, ishlov byerish, sug’orish-oziqlantirish tizimi va b.q. lar e’tiborga olinishi kerak.

Bo„laklar o„lchamini Shu nday tanlash kerakki, ular ekinlarga ishlov byerishda va hosilni yig„ishda mexanizmlardan keng foydalanish imkonini byersin. CHopiqtalab ekinlar joylashtiriladigan bo„laklar kengligini belgilashda traktorlar, turli moslamalar va mashinalar bir, ikki va h.k. marta kiraolishi ko„zda tutilishi kerak.

To„rt qatorli mashinalar uchun bo„lakda kamida 4 hisob qatori, bo„lakdagi

umumiy egatlar soni esa 8-12 ta bo’ladi. Shu lardan 2 va 4 tadan qator hisobli

14

egatlarning ikki tomonidan himoya yo„lakchasiga qoldiriladi. Maydon oxiridagi himoya yo„laklari dala shakliga qarab ajratiladi. Tyerim mashinalari qaytib olishi uchun dalaning ikki boshida 6-8 metrli himoya yo„laklari qoldiriladi.



Shu ni unutmaslik zarurki, bo„laklar o„lchamining oshirilishi tajriba dalasi kengayib ketishiga, dala tanlashda qiyinchilik tug„ilishiga va daladagi barcha bo„laklarda bir xil ishlovlarni baravariga, tez amalga oshirib bo„lmasligiga olib keladi. Shu ning uchun bo„laklarni juda kattalashtirmay, dala ishlarini ishlab chiqarishda joriy etilgan usullar va qurollar yordamida qisqa muddatda o’tkazishni mo„ljallab rejalashtirish maqsadga muvofikdir.

Variantlarning ma’lum bir takrorlanishida tajriba bo’yicha yakuniy natijalarga tasodifiy notekis ta’sir etadigan tashqi muhit omillari turli-tumanligi, tuproq unumdorligi, relef noteksligi, sho’rlanish va yeroziyalanish darajalari, ishlov byerish, ekish, sug’orish va h.k. lar tufayli yuzaga keladigan kamchiliklar to’liq bartaraf etilmasa-da, biroz kamaytirilishi mumkin.

Takrorlashlar soni tajribaning vazifalari, davomiyligi, unda o„rganilayotgan tadbirlar ta’siri, tuproq xilma-xilligi, bo„lak kattaligidan kelib chiqib belgilanadi.

Sug’oriladigan sharoitda agrotexnik dala tajribalari paykallarida 3-4 dan kam bo„lmagan takrorlanishda o„tkazilgan ma’qul, Chunki bunda tajribaning yuqori darajadagi aniqligi va hosildorlik xaqidagi ma’lumotlarni matematik tahlil qilish ta’minlanadi (1.2.1 -chizma).




I


II


III


IV


1


2


3


4


1


2


3


4


1


2


3


4


1


2


3


4


-chizma. Tajribaning barcha variantlari va takrorlanishlarini bir katorda
1.2.

joylashtirish.

Biroz farqlanadigan kichki bo„lakchalarda joylashtirilgan, ayniqsa, tuproq qatlami bir xil bo„lmagan sharoitda variantlar takrorlanishi 5-6 martani va undan ham ortiqni tashkil etadi.


Download 1.04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling